Operator bilan tezkor bog‘lanish sirlarini bilasizmi?

Operator bilan tezkor bog‘lanish sirlarini bilasizmi?

Ma’lum bir sababdan mobil operatoringiz bilan tezkor bog‘lanishingizga to‘g‘ri kelib qolganida bir necha daqiqa kutishga majbur bo‘lishingiz tez-tez uchrab turuvchi holatdir. Lekin mutaxassis bilan bir zumda ulanishning boshqa usullari borligidan xabardormisiz? Keling, ushbu maqolada O‘zbekistondagi mobil operatorlar bilan navbatlarsiz ulanish usullari haqida gaplashamiz.

Odatda, operatorlaning maxsus qisqa raqamlari band bo‘ladi. Shuning uchun boshqa usullar, masalan, 9 xonali raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish, chat orqali suhbatlashish muqobil bo‘lib xizmat qila oladi.«Ishonchli aloqa mobil operatori»dan boshlasak. UzMobile operatori bilan uztelecom.uz sayti orqali ulanish mumkin:

«Yetakchi. Ishonchli. Innovatsion» Beeline'da esa alternativlar nisbatan ko‘proq. Agarda «Status» lineykasidagi tarif rejalaridan birini ishlatsangiz, mutaxassis bilan muloqot muammo emas. Qisqa 0777 raqami orqali 10 soniyada operator qo‘ng‘irog‘ingizga javob beradi. Agar boshqa tarifda bo‘lsangiz, 0611 ning o‘rnini onlayn konsultant bilan chat bosa oladi. Bundan tashqari, Telegram konsultant ham mavjud. 0621 raqamiga SMS orqali savol yo‘llash imkoni ham bor, lekin bu xizmat, odatda, sekin ishlaydi. Javobni bir necha soatgacha kutishingizga to‘g‘ri kelishi ham mumkin.Sir emaski, chet hududlarda internet sifati qoniqarli emas, chat orqali muloqot ham bu hududlarda shunga yarasha bo‘ladi. Bunday hollarda hech ikkilanmay +998 90 185 00 55 raqamiga sim qoqavering.Yaqinda nomini o‘zgartirgan Mobiuz bilan esa +998 97 130 09 09 raqami orqali bog‘lanish mumkin. Buning uchun ko‘pi bilan 2 daqiqa vaqt kerak bo‘ladi.«Hayotni yaxshilik sari o‘zgartir»ayotgan Ucell bilan esa istalgan vaqtda tezkor ulanmoqchi bo‘lganlar +998 93 180 00 00 raqamiga murojaat qilishlari mumkin. Lekin, ochig‘i, biz bu raqamga bog‘lanishga harakat qilganimizda, barcha operatorlar band ekanligi aytildi.Perfectum bilan esa tezkor bog‘lanishning nisbatan ko‘p usuli bor. Buning uchun +998 98 127 00 77, +998 98 305 11 11 yoki pullik 099 raqamlari orqali murojaat yo‘llashingiz mumkin. 099 bilan aloqaning har bir daqiqasiga 84 so‘m to‘laysiz.

O‘QING: Beeline: internet-trafik endi kuymasdan, keyingi oyga o‘tadi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!