Operator eng oddiy va eng foydali tarifga bepul ulanish muddatini uzaytirdi!

  •   DiMaX
  •  2646
  •  29.08.2020 13:24

Operator eng oddiy va eng foydali tarifga bepul ulanish muddatini uzaytirdi!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasining Uzmobile uyali aloqa operatori iyunning oxirida «ODDIY 10» tarif rejasiga BEPUL ulanishni yo‘lga qo‘ygan edi. UZTELECOM endi ushbu aksiyaning muddati uzaytirilishini xabar qildi.

O‘QING: «EXTRA balans» xizmati bilan doimo aloqada bo‘ling!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan, biz «BARChASI 10 dan» aksiyasini 2020 yilning 31 dekabriga qadar uzaytiramiz, deyiladi xabarda.

Aksiya doirasida GSM standartidagi abonentlar uchun «ODDIY 10» tarif rejasiga BEPUL ulanish taklif etiladi.

Shartlar har doimgidek oson; ular bilan tanishish hamda mazkur tarif rejasi haqida batafsil ma’lumot olish uchun ushbu havola orqali kompaniya saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: UzMobile'da operator bo‘lib ishlash uchun nima qilish kerak?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!