Operator ilovasi 2021 yilda ham har gal 3750 MBgacha bonuslar sovg‘a qilishda davom etadi!

  •   DiMaX
  •  1803
  •  30.12.2020 15:31

Operator ilovasi 2021 yilda ham har gal 3750 MBgacha bonuslar sovg‘a qilishda davom etadi!

Esingizda bo‘lsa, UZTELECOM abonentlari 2020 yilning 31 dekabriga qadar MyUZTELECOM mobil ilovasidan foydalanib, bonusli internet-to‘plamlarga ega bo‘lishlari mumkinligi haqida yozgan edik. «O‘zbektelekom» aksionerlik jamiyati ushbu aksiya muddati naq 2021 yilning 31 avgustiga qadar uzaytirilishini ma’lum qildi.

O‘QING: Uyali aloqa operatoridan «YaNGI YIL OLDI ChEGIRMALARI» aksiyasi!

Abonentlarimizning ko‘plab iltimoslariga ko‘ra, yangi yilda ham «MyUZTELECOM mobil ilovasidan foydalaning va bonusli Internet-paketlarga ega bo‘ling» aksiyasi bo‘yicha bonuslar taqdim etishda davom etamiz, deyiladi xabarda.

Aksiya shartlariga ko‘ra, MyUZTELECOM ilovasini yuklab olsangiz, internet-paketlarni xarid qilsangiz va hisobni ilova yordamida to‘ldirsangiz, Siz foydalanish muddati 7 kungacha bo‘lgan 50 MBdan 3750 MBgacha hajmdagi bonusli internet-paketlar sohibiga aylanasiz.

MyUZTELECOM ilovasini quyidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin:

Ushbu aksiya haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: Yangi yilni yangilangan UNLIM tariflari bilan kutib olamiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.