Operator mobil ilovasida abonentlarga qo‘shimcha qulayliklar!

  •   DiMaX
  •  986
  •  27.05.2021 17:02

Operator mobil ilovasida abonentlarga qo‘shimcha qulayliklar!

Endilikda, UZTELECOM abonentlari MyUZTELECOM mobil ilovasi yordamida murojaat holatini tekshirishlari va ularning bajarilish sifatini baholashlari mumkin. Bu to‘g‘rida «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi o‘z rasmiy sayti orqali xabar bermoqda.

O‘QING: Operator ilovasi 2021 yilda ham har gal 3750 MBgacha bonuslar sovg‘a qilishda davom etadi!

Shunday qilib, endi mobil aloqa, telefoniya va simli Internet abonentlari o‘zlarining xizmatlar sifatiga bo‘lgan murojaatda ko‘rsatilgan muammoning hal qilinish jarayonining bosqichlarini Internet orqali ko‘rishlari mumkin.

Ilovada quyidagi ma’lumotlar mavjud:

- Murojaat raqami

- Ro‘yxatga olingan sana

- Murojaat uchun sababi

- Murojaat holati

- Muammo bartaraf etilinishi kutilayotgan sana

- Murojaatning yopilishini haqiqiy sanasi

- Ijro natijasi

Shundan so‘ng, murojaatni bajarish yakunlari bo‘yicha abonent bajarish sifatini baholay oladi:

– Bajarish sifatini besh ballli shkala bo‘yicha baholash

– Agar baho 4 balldan kam bo‘lsa, abonentni qoniqtirmagan punktlarni tanlashi, shuningdek, arizaga o‘z sharhini yozishi yoki ko‘rsatilgan savolga quyidagi variantlarni tanlashi mumkin:

Xizmat ko‘rsatishda sizni nima qoniqtirmadi?

– Mutaxassis malakasi.

– Murojaat hal etilmagan.

– Murojaatni bartaraf etish muddatlari.

– Meni bilan aloqaga chiqishmadilar.

Murojaatingizning holatini tekshirish uchun MyUZTELECOM mobil ilovasiga kirib, ekranning pastki qismidagi «Ko‘proq» tugmachasini bosishingiz lozim. Ushbu bo‘imda «Mening arizalarim» nomli tugmachani bosganingizda, siz qoldirgan barcha murojaatlar raqamlari bilan e’tiboringizga havola etiladi. Shuningdek, «Murojaat» tugmasini bossangiz, murojaatingiz haqida to‘liq ma’lumot bilan birgalikda uning bajarish sifatini baholashingiz ham mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, «Ko‘proq» tugmachasini bosganingizda, menyuda «Yordam» tugmachasi ham mavjud bo‘lib, ushbu bo‘limda Qo‘llab-quvvatlash markazi telefon raqamlari, ilovadagi xatoliklar, murojaat jo‘natish va onlayn operator bilan muloqot qilishingiz mumkin.

O‘QING: Mobil operator 20 iyungacha aksiya e’lon qildi: naq 90 foizlik chegirma!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!