Operator sovrin jamg‘armasi 1 540 000 000 so‘mlik aksiya e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  2626
  •  10.12.2020 18:05

Operator sovrin jamg‘armasi 1 540 000 000 so‘mlik aksiya e’lon qildi!

Mobiuz uyali aloqa operatori 2020 yilning 1 dekabridan «Yorqin kuz» aksiyasiga yana oltita tarif rejasini qo‘shayotgani haqida yozgan edik. Endi esa u «Mobiuz bilan baxtli millionlar» aksiyasini joriy etdi.

O‘QING: Oyiga atigi 8000 so‘mlik «Yengil» tarif rejasi chiqdi!

Yangi aksiya doirasida 35000 so‘m evaziga «5555 MB» internet-to‘plamini  ulab, katta pul mablag‘lari tikilgan yutuqli o‘yinda ishtirok etish mumkin. Qancha ko‘p to‘plamlar xarid qilingan bo‘lsa, yutish uchun imkoniyatlar shuncha ko‘p bo‘ladi!

«Mobiuz bilan baxtli millionlar» aksiyasi 2020 yil 10 dekabrda boshlangan bo‘lib, 2021 yilning 10 fevraliga qadar davom etadi. Uning sovrin jamg‘armasi jami 1 540 000 000 (bir milliard besh yuz qirq million) so‘mni tashkil qiladi!

Pul mablag‘lari – sovrinlar G‘oliblarga naqdsiz ko‘rinishda beriladi, hamda to‘lovni amalga oshirish paytidagi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan soliqlarni ushlab qolgan holda, G‘oliblarning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

«Mobiuz bilan baxtli millionlar» aksiyasi shartlari bilan batafsil tanishish uchun ushbu havola orqali operatorning rasmiy saytidagi tegishli sahifaga o‘tish mumkin.

O‘QING: Operatorlarimiz reytingida jiddiy o‘zgarish: endi kimda qancha abonent bor? (+infografik video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!