Operator yana uchta tarifda megabaytlar, daqiqalar va SMS’lar limitlarini ko‘paytirdi!

  •   DiMaX
  •  2920
  •  14.01.2021 17:32

Operator yana uchta tarifda megabaytlar, daqiqalar va SMS’lar limitlarini ko‘paytirdi!

Kuni kechagina Ucell naq to‘qqizta tarifda daqiqa, SMS va megabaytlar limitlari cheksizgacha oshirgan. Ungacha esa kompaniya 32 ta saytga bepul kirish muddatini uzaytirgan edi.

O‘QING: Atigi 2021 so‘mga 2021 megabayt, O‘zbekiston bo‘yicha 2021 daqiqa va 2021 SMS oling!

Ucell xushxabarlar ulashib charchamayapti – bularning ortidan kompaniya «COSMO» tizimidagi tarif rejalarini yanada yaxshilaganini e’lon qildi. Ularda endi tarif rejasi doirasidagi megabaytlar barcha yo‘nalishlar uchun umumiy bo‘lgan (oldin Facebook, Telegram, WhatsApp va TAS-IX uchun alohida trafik berilar edi) va ularning umumiy miqdori ham oshirilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston bo‘yicha muloqotlar uchun taqdim etilayotgan daqiqalar hamda SMS-xabarlar limitlari ham ko‘paytirilgan.

Xullas, yangilangan «COSMO» tariflarida oylik limitlar endi quyidagicha bo‘lgan:

Tarif rejalari doirasidagi ushbu o‘zgarishlar 2021 yilning 13 yanvar kuni, soat 16:00 dan keyin kuchga kiradi, deyiladi xabarda. Diqqat qiling: shu soatgacha tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovini amalga oshirgan va limitlarni olgan abonentlar uchun o‘zgarishlar tarif shartlariga binoan navbatdagi oylik davrdan kuchga kiradi.

«COSMO» tizimidagi tarif rejalari shartlari bilan batafsil tanishish istagida bo‘lganlar mana bu havola orqali Ucell saytiga o‘tsalar bo‘ladi.

O‘QING: Cheksiz internetgacha taklif etuvchi to‘rtta yangi tarif rejasi chiqdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!