Operatordan gigabaytlab internet oling!

Operatordan gigabaytlab internet oling!

Beeline'ning yangi internet paketlar to‘plami bilan internetdan yanada ko‘proq, yanada qulayroq va yanada manfaatliroq foydalaning.

O‘QING: 1 MB uchun 1 so‘m to‘lang!

Yangi mega-zo‘r GB paketlarga ulanib, Beeline internetidan mazza qilib foydalaning.

Paketlar bilan quyida tanishamiz:

• Internet-paket 1 GB:

– Ulanish narxi: 10 ming so‘m (hisobda kamida 10,200 so‘m bo‘lishi kerak);
– USSD so‘rov: *1*01#.

• Internet-paket 5 GB:

– Ulanish narxi: 25 ming so‘m (hisobda kamida 25,200 so‘m bo‘lishi kerak);
– USSD so‘rov: *1*05#.

• Internet-paket 10 GB:

– Ulanish narxi: 40 ming so‘m (hisobda kamida 40,200 so‘m bo‘lishi kerak);
– USSD so‘rov: *1*10#.

• Internet-paket 20 GB:

– Ulanish narxi: 65 ming so‘m (hisobda kamida 65,200 so‘m bo‘lishi kerak);
– USSD so‘rov: *1*20#.

• Internet-paket 30 GB:

– Ulanish narxi: 75 ming so‘m (hisobda kamida 75,200 so‘m bo‘lishi kerak);
– USSD so‘rov: *1*30#.

• Internet-paket 50 GB:

– Ulanish narxi: 90 ming so‘m (hisobda kamida 90,200 so‘m bo‘lishi kerak);
– USSD so‘rov: *1*50#.

• Internet-paket 75 GB:

– Ulanish narxi: 110 ming so‘m (hisobda kamida 110,200 so‘m bo‘lishi kerak);
– USSD so‘rov: *1*75#.

Paketlarning amal qilish muddati: 30 kun.

Qoldiq trafikni tekshirish uchun USSD kod: *103#.

Qo‘shimcha ma’lumot:

Oylik Internet-paketlarning amal qilish muddati paket yoqtirilgan kundan boshlab 30 kunni tashkil etadi. Internet-paket ulangan kundan boshlab 30 kun o‘tgach yangi internet-paket yoqtirilmasa, ishlatilmagan trafik qoldig‘i kuyadi.

Internet-paketning amal qilish muddati davomida yana qo‘shimcha paket xarid qilinsa, barcha sarflanmagan trafik hajmi qo‘shilib, amal qilish muddati oxirgi yoqtirilgan paket kunidan boshlab 30 kunga uzaytiriladi.

Oylik Internet-paketlaridan sarflanmagan qoldiq qolganida quyidagi paketlar yoqilgan hollarda barcha yo‘nalishlarga berilgan asosiy trafik qo‘shiladi va amal qilish muddati oxirgi yoqilgan paketni amal qilish muddatiga qarab 1 kun yoki 7 kun etib belgilanadi: «Hafta» paketlari turkumi, «Kun+» paketlari, Beeline Club sodiqlik dasturi orqali ballar MBga almashtirilganda, Beeline Club sodiqlik dasturi bo‘yicha BEEPlar MBga almashtirilganda, «Muloqot ulashing» xizmati bo‘yicha GBlar, «Bonus 50» aksiyasi bo‘yicha bonus GBlar.

Boshqa internet-paketlar yoqilganda barcha yo‘nalishlarga berilgan asosiy trafik qo‘shilmaydi va amal qilish muddati o‘zgarmaydi.

Taqdim etilgan trafik tugaganida yoki paket muddati yakunlanganda, internet-trafikning keyingi sarflanishi tarif rejangiz shartlariga muvofiq narxlanadi.

Raqam faol bo‘lmagan yoki blok holatiga tushirilgan davrda oxirgi ulangan internet paketning amal qilish muddati o‘zgarmaydi.

Internet trafik qoldig‘i, daqiqa, SMS paketlar, tarif bo‘yicha va boshqa qo‘shimcha xizmatlar ma’lumoti 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.

Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag‘larini zaxiraga olib qo‘yadi, ya’ni balansdagi pul mablag‘lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar beradi.

Agar abonentda internet-paket mavjud bo‘lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo‘lmasa (2 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag‘ mavjud bo‘lsa). Zaxiralangan pul mablag‘lari summasi ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to‘langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag‘lari ishlatish uchun ochiladi.

Paketlar O‘zbekiston Respublikasi hududida oldindan to‘lov tizimidagi barcha jismoniy shaxslar uchun amal qiladi. Paketlar «Shifokor», «Bolajon», «ProInternet 1GB» va «ProInternet 3GB» tarif rejalari turkumida amal qilmaydi.

Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.

O‘QING: Beeline va Ucell'ning 20 mingdan 70 minggacha bo‘lgan tariflarini bitta joyda taqqoslaymiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!