Operatordan har kuni bonuslarga ega bo‘ling!

Operatordan har kuni bonuslarga ega bo‘ling!

Beeline mobil operatori yaqinda manfaatli yangi tarifni e’lon qilgandi. Bundan oldin esa oyiga 50 ming so‘m evaziga 25GB olish imkonini bergandi. Shuningdek, har oy bepul 4GBgacha ega bo‘lishingiz mumkin.

Bundan tashqari, Beeline mijozlari har kuni bepul daqiqa, SMS, MB va Beep'larni shunchaki bonus sifatida olishlari mumkin. Buning uchun Beeline Uzbekistan ilovasi yuklangan bo‘lishi kerak.

Ilovaning «Beeline Club» bo‘limidagi «O‘yinlar» oynasida «BeeFortuna» va «BeeKvest» bepul o‘yinlari mavjud.

«BeeFortuna» o‘yniga kirib, bonus olish uchun kunlik uchta imkondan foydalansangiz bo‘ladi. Beeline Uzbekistan ilovasining boshqa bo‘limlarida bo‘lgani singari ushbu o‘yinda ham mushuk sizga hamrohlik qiladi.

Bonuslar jamlanmasidan iborat doirani aylantirish bilan tasodifiy bonuslarga ega bo‘lasiz. Tekinga taqdim qilinuvchi paketlar quyidagilar:
• 20/50/100 MB;
• 20/50/100 daqiqa (O‘zbekiston bo‘ylab);
• 20/50/100 SMS;
• 5/15/25 Beep.

Bonuslarning amal qilish muddati bir haftani tashkil qiladi. Biroq muddat oxirgi olingan bonuslar sanasiga bog‘liq bo‘lgan holda yetti kundan ko‘proqqa cho‘zilishi ham mumkin.

Hisobda mavjud paketlar orasida «BeeFortuna» o‘ynida yutib olingan bonuslar birinchi bo‘lib sarflanadi.

Bonus yutib olinganda abonent raqamiga bu haqda SMS keladi. Bepul paketlar miqdorini *103# (MB), *107# (SMS) va *108# (daqiqa) USSD so‘rovlari yordamida yoki Beeline Uzbekistan dasturining o‘zidan tekshirish mumkin.

O‘QING: Beeline va Ucell'ning 20 mingdan 70 minggacha bo‘lgan tariflarini bitta joyda taqqoslaymiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!