Operatordan har oyda 1 gigabayt bonus olishni istaysizmi?

  •   DiMaX
  •  2713
  •  05.03.2021 17:34

Operatordan har oyda 1 gigabayt bonus olishni istaysizmi?

Beeline uyali aloqa operatori 2021 yil 4 yanvardan boshlab «Xabardor bo‘l» xizmati barcha abonentlarga bepul taqdim etilishini aytgan edi. Keyin esa kompaniya Beeline TV foydalanuvchilari uchun xushxabar e’lon qilgan.

O‘QING: Sizga ZO‘R tarif kerakmi?

Aloqa operatorining ma’lum qilishicha, 2021 yil 15 martdan boshlab, Beeline Uzbekistan mobil ilovasidagi «4G BONUS» aksiyasi yopilmoqda. Shuningdek, «Beepul», «Beeline TV» va «Beeline Music & Radio» xizmatlarida bonus taqdim etish shartlariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

«Beeline TV»da bonus olish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

  1. Ilovani yuklab olish: *6#.
  2. Ro‘yxatdan o‘tish.
  3. Istalgan obunani xarid qilish.
  4. Obunalar bo‘limidagi tegishli aksiya tugmasini bosib, bonusni faollashtirish kerak.

«Beeline Music & Radio»da bonus olish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

  1. Ilovani yuklab olish: *9#.
  2. Ro‘yxatdan o‘tish.
  3. Istalgan obunani xarid qilish.
  4. «4G BONUS» bannerini bosish.
  5. «4G BONUS» aksiya tugmasini bosish.

«Beepul» foydalanuvchilari uchun:

  1. Ilovani yuklab olish: *2#;
  2. Ro‘yxatdan o‘tish;
  3. Bank kartani qo‘shish;
  4. To‘lovni amalga oshirish;
  5. Xabarnomalar bo‘limiga kirish lozim (qo‘ng‘iroq);
  6. Keyin «4G BONUS» aksiya tugmasini bosish kerak.

Aksiyaning barcha shartlari bajarilgandan so‘ng, Sizga 30 kunga 1 gigabaytlik bonus taqdim etiladi. 30 kundan keyin uni qayta faollashtirishingiz mumkin!

O‘QING: IMEI-kodlarni endi mobil operator ofislarida ham ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!