Operatordan yangi aksiya: har oyda beshta xizmat mutlaqo bepul!
Ucell yaqinda Toshkent metrosining barcha bekatlarida uyali aloqa va mobil internet xizmatlarini yo‘lga qo‘ygan edi. Kuni kecha esa u atigi 15 000 so‘mga tarif ichida cheksiz muloqot, yana 1 GB internet, 750 ta SMS va daqiqa beriluvchi yangi tarif chiqargan. Bulardan tashqari...
O‘QING: Beshta hududdagi abonentlarga «Bahorgi syurpriz» bor: 2000 daqiqa, 2000 SMS va 2 GB internet!
Endi esa kompaniya «Try and Buy *770#» aksiyasini e’lon qildi. Uning doirasida Ucell abonentlari *770# raqamini terish orqali har oyda 5 (besh) xil ko‘ngilochar xizmatdan foydalanishlari mumkin.
Agarda siz ham shu operator xizmatlaridan foydalanayotgan bo‘lsangiz, aksiyani ulatish uchun *770# ni tering va qiziqarli kontent menyusiga o‘ting. Aprel oyiga Ucell quyidagi xizmatlarni taklif etmoqda:
- Musiqa portali – sevimli musiqangizni har kuni tinglang.
- Dunyo oshxonalari – sevimli taomlaringiz uchun har kuni retseptlar oling.
- Kompyuter o‘yinlari dunyosida.
- SMS-chat – xabarlar orqali o‘zingizga juft, yaxshi do‘st va qiziqarli suhbatdoshlarni toping.
- Yaxshi hazil tuyg‘usi bo‘lgan odamlar uchun latifalar.
2021 yil 1 apreldan 30 aprelgacha yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlarni bepul foydalaning.
O‘QING: IMEI-kodlarni endi mobil operator ofislarida ham ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin!
1 maydan boshlab yuqoridagi xizmatlar uchun narxlar quyidagicha bo‘ladi:
- Musiqa portali – 12 soatlik foydalanish uchun 421 so‘m.
- Dunyo oshxonasi – kuniga 600 so‘m.
- Kompyuter o‘yinlari dunyosida – kuniga 500 so‘m.
- SMS-chat – kuniga 550 so‘m.
- Latifalar – kuniga 550 so‘m.
Obunani bekor qilish uchun yuboriladigan SMS-buyruqlar:
- Musiqa portali: 1426 qisqa raqamiga STOP
- Dunyo oshxonalari: 3501 qisqa raqamiga STOP.
- Kompyuter o‘yinlari dunyosida: 2307 qisqa raqamiga STOPKU.
- SMS-chat: 8707 qisqa raqamiga STOPGO
- Latifalar: 8707 qisqa raqamiga STOPLT
Ma’lumot olish uchun buyruqlar:
- Musiqa portali: 1426 qisqa raqamiga INFOTRY.
- Dunyo oshxonalari: 3501 qisqa raqamiga INFOTRY.
- Kompyuter o‘yinlari dunyosida: 2307 qisqa raqamiga INFOTRY.
- SMS Chat: 8707 qisqa raqamiga INFOTRY.
- Latifalar: 8707 qisqa raqamiga INFOTRY.
2021 yil 1 maydan 31 maygacha 5 (besh) xil yangi bepul xizmatlarni kuting, deyiladi Ucell xabarida.
O‘QING: Bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar kerakmi?