Operatorlarimiz reytingida jiddiy o‘zgarish: endi kimda qancha abonent bor? (+infografik video)

  •   DiMaX
  •  4700
  •  05.11.2020 14:53

Operatorlarimiz reytingida jiddiy o‘zgarish: endi kimda qancha abonent bor? (+infografik video)

Esingizda bo‘lsa, biz avgustda yurtimizdagi operatorlardan qay birining abonentlari eng ko‘pligi haqida maqola va unda infografik video ham e’lon qilgan edik. O‘shandan beri ularning faoliyatida ham bir qator o‘zgarishlar bo‘ldi, hatto birining bosh direktori muddatidan avval ishdan olindi. Shuningdek...

O‘QING: Shavkat Mirziyoyev farmoniga ko‘ra, ikkita uyali aloqa operatori xususiylashtiriladi

UZZOOM nashrining yozishicha, operatorlar reytingida navbatdagi o‘rin almashuv yuz bergan. Uyali aloqa bozorining sobiq yetakchisi – Beeline Uzbekistan birinchi yarim yillikda liderlikni Ucell‘ga topshirib, ikkinchi o‘ringa tushgan edi. Endi esa milliy operator – «O‘zbektelekom» aksionerlik jamiyatiga qarashli Uzmobile brendi ham undan o‘zib, 2-sonli operatorga aylandi.

O‘tgan payshanba kuni Beeline Uzbekistan’ning iyuldan sentyabrgacha bo‘lgan faoliyati natijalari e’lon qilindi. Mutaxassislar bashorat qilganidek, pasayish tendensiyasi davom etdi va natijada yana 259 ming abonent yo‘qoldi. Umuman olganda, yanvar oyidan boshlab Beeline’ning mijozlar bazasi 1 307 055 ulanishga kamaydi.

Bu ham mayli, ammo so‘nggi nisbatan kichik pasayish 2020 yilga eng yirik aloqa operatori sifatida kirgan kompaniya uchun ancha qiyin bo‘ldi. Birinchi o‘rinni yo‘qotish «qora-sariq»larning qadr-qimmatiga alamli zarba bo‘lib, VEON guruhi rahbariyatini kadrlar almashinuvi tomon yo‘lladi, ammo uchinchi chorakdagi yo‘qotishlar Beeline’ni uchinchi o‘ringa tushirdi. Shu uch oy ichida milliondan ziyod SIM-kartani ko‘paytirishga muvaffaq bo‘lgan Uzmobile, ko‘pga bo‘lmasa-da, asosiy raqibini ortda qoldirdi – 6 852 000 abonent, Beeline’ning abonentlar bazasi esa 6 831 341 nafarga teng.

O‘QING: Atigi 10000 so‘mlik tarif rejasida endi 3,5 GB internet, 700 daqiqa va 200 SMS beriladi!

O‘zbektelekom’ning Uzmobile AK filiali direktori o‘rinbosari Javlon Islomov UZZOOM bilan suhbatda shunday dedi:

«Mamlakat bo‘ylab millionlab odamlar bizga ishongani va UZTELECOM’dan yuqori sifatli uyali aloqa foydasiga tanlov qilgani bilan faxrlanamiz. Butun respublika bo‘ylab tarmoqlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyihani muvaffaqiyatli yakunlashi va texnik quvvatlarni rivojlantirish bo‘yicha uzluksiz ishlar tufayli kompaniya aholiga ilg‘or, sifatli va hamyonbop aloqa xizmatlarini ko‘rsatishga qodir. Biz amalga oshirayotgan strategiyaning asosiy afzalliklaridan biri bu raqamli yechimlar va LTE’ga e’tibor qaratish, shuningdek 5G tarmog‘ini joriy etishga e’tibor qaratadigan aloqa operatorining asosiy xizmatlari to‘plami o‘rtasidagi muvozanatdir. Bu, albatta, bizga telekommunikatsiya xizmatlari bozorida yetakchilar mavqesiga erishishimizga imkon berdi».

Shunday qilib, bizning ko‘z o‘ngimizda, uyali aloqa bozorini to‘liq qayta formatlash amalga oshirildi, buni faqatgina MTS bir kechada yopilgan 2012 yildagi voqealar bilan solishtirish mumkin. To‘g‘ri, o‘shanda Beeline olti oy ichida uchinchi operatordan birinchiga aylangan edi, ammo bu yili erkin raqobat sharoitida hech qanday zarbasiz, u orqaga qaytdi. VEON top-menejerlari abonentlar sonining pasayishi haqida keltirgan «yangi aktsis solig‘i va IMEI ro‘yxatdan o‘tkazilishi, shuningdek, COVID-19 cheklovlari tufayli ishbilarmonlik faolligining sustlashishi» izoh va sabablari, afsuski, bunga yuqoridagi barcha omillar to‘liq ta’sir ko‘rsatgan raqobatchilar nima uchun shunchalik ishonchli o‘sib borayotganini hech qanday tushuntirib berolmadi.

O‘QING: Uyali aloqa kompaniyalari 1 noyabrdan yangicha yashay boshlaydilar

Quyidagi infografik videoda 2006 yilning oxiridan buyon O‘zbekiston uyali aloqa bozoridagi operatorlarning ulushlari va o‘rinlari yaqqol aks ettirilgan:

Birinchi raqamli operatorga kelsak, Ucell Bosh direktori Vladimir Kravchenko vaziyatni quyidagicha izohladi:

«Ucell ham ulanishlar, ham texnologiyalar bo‘yicha o‘sish sari intilmoqda. Yaqinda biz 8 millionlik sonidan o‘tdik, bu bizga ishonchli va qulay yetakchilik haqida gapirish imkonini beradi: deyarli 1 200 000 abonent bizni eng yaqin raqibimizdan ajratib turadi. Biroq, bizning ustuvorligimiz xizmatlarning sifati va tarmoqni kengaytirishga katta hajmdagi sarmoyalar bo‘lib qolmoqda, chunki faqat zamonaviy infratuzilma yaqin kelajakda biznesni barqaror rivojlanishiga kafolat beradi».

Ucell vakillaridan tahririyatimiz olgan ma’lumotlarga ko‘ra, «siyohranglar»ning abonent bazasi 8 029 000 kishini tashkil etdi. Shu bilan birga, Mobiuz o‘z aktividagi 3 737 252 ulanishlar haqida xabar berdi, deydi UZZOOM.

O‘QING: Ucell rahbari Vladimir Kravchenkodan o‘zbek tilini o‘rganish, davlat tilida ishlash bo‘yicha master-klass

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!