Operatorning barcha tariflarida daqiqalar to‘plami oshdi, abonent to‘lovlari esa o‘zgarmadi!

  •   DiMaX
  •  1028
  •  04.06.2021 08:04

Operatorning barcha tariflarida daqiqalar to‘plami oshdi, abonent to‘lovlari esa o‘zgarmadi!

Zamonaviy eSIM texnologiyasini O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Mobiuz mobil operatori ishga tushirganidan xabaringiz bor. Mazkur kompaniya yana 2021 yilning 30 iyun sanasigacha (shu kuni ham) amal qiluvchi «Qo‘shimcha!» aksiyasini e’lon qilgan.

O‘QING: Yangi hamyonbop tarif rejalarini qarshi oling!

Endi bo‘lsa Mobiuz mobil aloqa operatorining barcha tarif rejalarida daqiqalar to‘plami sezilarli darajada oshirildi, abonent to‘lovlari esa o‘zgarishsiz qoldi.

Mobiuz abonentlari qancha daqiqa sarflaganliklari haqida qayg‘urmasdan qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Kompaniyaning tarif rejasidan qat’i nazar, barcha mahsulotlarda xizmat ko‘rsatish shartlari yaxshilandi.

Yanada qulay bo‘lgan ba’zi tarif rejalari:

«Mobi 20» tarifi: oyiga 20 ming so‘mga 2 ming daqiqa, MB va SMS (ilgari – 500 daqiqa va SMS, 2 ming MB);

«Mobi 25» tarifi: oyiga 25 ming so‘mga 3,5 ming daqiqa, MB va SMS (ilgari – 750 daqiqa va SMS, 3,5 ming MB);

«Mobi 30+» tarifi: oyiga 30 ming so‘mga 5 ming daqiqa va MB, 3,5 mingta SMS (oldin – 1 ming daqiqa va SMS, 5 ming MB);

«Gap Yo‘q» tarifi: oyiga 35 ming so‘mga tarmoq ichida cheksiz suhbat, 500 daqiqa va 10 ming MB (ilgari – faqat 10 ming MBlik Internet-to‘plam);

«Mobi 40» tarifi: oyiga 40 ming so‘mga tarmoq ichida cheksiz suhbat, 5 ming daqiqa, 8 ming MB, 3,5 mingta SMS (ilgari – 1,2 ming daqiqa va SMS, 8 ming MB);

«Mobi 50» tarifi: oyiga 50 ming so‘mga tarmoq ichida cheksiz suhbat, 5 ming daqiqa, 10 ming MB, 3,5 mingta SMS (avval – 1,5 ming daqiqa va SMS, 10 ming MB).

Mobiuz’ning shartlari yaxshilangan barcha tariflarini kompaniya veb-saytida ko‘rishingiz mumkin: https://mobi.uz/uz/tariff

O‘QING: Operatorlarga internet tezligini ko‘rsatishda «-gacha» qo‘shimchasidan foydalanish rasman taqiqlandi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!