Oppo A1 Pro smartfoni taqdim qilindi!

Oppo A1 Pro smartfoni taqdim qilindi!

Oppo kompaniyasi Xitoyda o'zining yangi A1 Pro o'rta sinf smartfonini rasman namoyish qildi. Smartfon 6.7 dyuym o'lchamdagi FHD+ rezolyutsiyasi bilan 120 gerts yangilanish tezligiga ega OLED displey bilan jihozlangan. Ekranning yuqori markazidagi yumaloq tirqishda esa 16 megapikselli selfi kamera joylashgan. Kamera haqida gap ketganda shuni aytish kerakki, smartfon orqa tomonda 108 MP asosiy va 2 MP portret kameralar bilan ta'minlangan.

Foto: Oppo

Kapot ostida esa qurilmaga Qualcomm'ning Snapdragon 695 chipseti 8/12 GB operativ va 128/256 GB doimiy xotira bilan o'rnatilgan. Uning 4,800 mA/s batareyasi 67 Vt tezlikda zaryadlanadi. Qo'shimchasiga smartfon stereo dinamiklar, barmoq izini aniqlash skaneri (ekran ostida), MicroSD uyasi va NFC xususiyatlari mavjud. Smartfon Android 13'ga asoslangan ColorOS 13'da ishlaydi.

Oppo A1 Pro smartfoni qora, havorang va oltin ranglarda 25-noyabrdan boshlab sotuvga chiqariladi. Narxlar quyidagicha:

8GB + 128GB – ¥1,799 (≈ 2,825,000 so'm)
8GB + 256GB – ¥1,999 (≈ 3,139,000 so'm)
12GB + 256GB – ¥2,299 (≈ 3,500,000 so'm)

O'QING: 2022-yilning eng innovatsion dizaynga ega smartfoni e'lon qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.