Oppo A9 taqdim qilindi: katta xotira va yirik akkumulyator!

Oppo A9 taqdim qilindi: katta xotira va yirik akkumulyator!

Oppo kompaniyasi Xitoy bozoriga mo‘ljallangan 267 dollar narxli yangi A9 smartfonini taqdim etdi. Namoyish bo‘lib o‘tganiga qaramasdan, smartfonga qaysi protsessor o‘rnatilgani aytilmadi. Ammo bu MediaTek Helio P70 ekanligi taxmin qilinmoqda.

Smartfon 6 GB operativ, 128 GB ichki xotira va Full HD+ aniqligidagi 6,53 dyumlik, tomchisimon «kemtik»li yirik displeyga ega bo‘lgan. Kompaniyaning aytishicha, ekran smartfon old panelining 90,7% maydonini egallagan.

Yangi qurilmaning selfi kamerasi 16 megapiksel, asosiy juft kamerasi esa 16 va 2 megapiksellik modullardan iborat. Oppo asosiy kamerasi bilan maqtanmoqda, ammo undan mo‘jiza kutib bo‘lmasligi aniq.

Akkumuluyator sig‘imi 4020 mA/soatlik bo‘lib, undan yaxshigina avtonomlikni kutsa bo‘ladi. Smartfon ko‘k, yashil va oq ranglarda sotuvga chiqarilishi aytilmoqda.

O‘QING: Oppo ham o‘z buklama smartfonini ko‘rsatdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!