Oppo A95 taqdim etildi

Oppo A95 taqdim etildi

Oppo kompaniyasi A95 5G smartfonini bundan bir necha oy muqaddam taqdim etgan edi. Endi esa kompaniya ushbu smartfonning LTE versiyasi bo‘lgan Oppo A95 smartfonini taqdim etdi. Smartfonning dizayni A95 5G'ga juda o‘xshash bo‘lsa, texnik jihatlari farq qiladi. 

O‘QING: OnePlus 10 cyeriyasining renderlari hamda texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi 

Qurilmaga 6.4 dyuymli FHD+ AMOLED displeyi o‘rnatilgan bo‘lib, u 60Hz ekran yangilanish chastotasida ishlaydi. Barmoq izi skaneri ekran ostida joylashgan. Ekranning yuqori qismidan esa 16MP selfi kamera o‘rin olgan. Smartfon Snapdragon 662 chipida ishlaydi, uning xotira hajmi 8/128GB ni tashkil qiladi.

Smartfonning orqa panelidagi kamera modulida 48MP asosiy, 2MP makro, 2MP sath kameralari joylashgan. Shuningdek, qurilma 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, uni 33 vattda quvvatlash mumkin. Smartfon Android 11ʼ ga asoslangan ColourOS 11.1 operatsion tizimida ishlaydi.

Oppo A95 smartfoni Glowing Starry Black hamda Glowing Rainbow Silver ranglarida sotuvga chiqadi. Uning taxminiy narxi 264 dollarni tashkil qiladi. 

O‘QING: Galaxy A33 5G'ning renderlari e’lon qilindi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!