Oppo barcha smartfonlar uchun 10 karralik gibrid zum texnologiyasini tayyorladi (+video)

  •   DiMaX
  •  982
  •  27.12.2018 13:11

Oppo barcha smartfonlar uchun 10 karralik gibrid zum texnologiyasini tayyorladi (+video)

Bundan ikki yilcha avval Oppo tasvirni 5 karralik optik yaqinlashtirishga qodir kamerali smartfon prototipini namoyish etgandi. Bunday qurilma bozorga chiqqanicha yo‘q, ammo kompaniya bu texnologiya ustida ishlashda davom etib kelayotgan ekan.

O‘QING: Daktiloskopik sensorli ekranga ega eng arzon smartfon – OPPO K1 taqdim etildi!

Oppo vakillarining ma’lum qilishlaricha, kompaniya endi naq o‘n karrali gibrid optik zum texnologiyasini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uning tafsilotlari hozircha ma’lum emas, ammo nomidagi «gibrid» so‘ziga qaraganda, bu texnologiyada dasturiy ta’minot ham qatnashadi.

Aftidan, yangi texnologiyaning apparat qismi periskop uslubidagi original variantga o‘xshash bo‘ladi. Ya’ni, maxsus linza ob’yektivdan kelgan yorug‘likni yo‘naltiradi, korpus ichiga joylangan yanada murakkab optik tizim esa uni qayta ishlaydi.

Oppo bu tizim uchun patent ham olgan:

Yangi texnologiyaning taqdimoti kelasi yil – yanvardagi CES 2019 yoki fevralning so‘ngidagi WMC 2019 tadbirlaridan birida bo‘lib o‘tadi. Oppo’ning ta’kidlashicha, ushbu texnologiya allaqachon maromiga yetgan va uni yaqin orada o‘z smartfonlarida qo‘llashi mumkin.

Mana, mazkur texnologiyaning qanday ishlashini quyidagi lavhada ko‘ramiz:

Aytish kerakki, hozirda smartfonsozlikda kamera datchiklarining ko‘p megapikselli bo‘lishi urfga kirmoqda.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Galaxy A10 Pro suratlarda: 48 MPlik selfi-kamera va baquvvat akkumulyator

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.