Oppo Find N'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Oppo Find N'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

iPad mini buklanib iPhone mini'ga aylanib qolishini tasavvur qila olasizmi? Bu qiyin masala, biroq Oppo'ning yangi Find N smartfonida shunga o‘xshash holat kuzatiladi.

O‘QING: Galaxy A03s'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Find seriyasi doimo o‘zining yangicha innovatsiyalari bilan ajralib turadi. Find N buklamafoni ham bundan mustasno emas.

Qurilma o‘lcham va buklanuvchi mexanizmi bilan boshqa buklamafonlardan farq qiladi.

Foto: GSMArena

Find N - bu kichik smartfon. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mini planshet buklanib mini smartfonga aylanadi.

Qurilmaga asosiy ekrani 120Hz ekan yangilanish chastotasida ishlovchi Samsung kompaniyasining 7.1 dyuymli buklanuvchi LTPO AMOLED displeyi o‘rnatilgan. Oppo'ning Flexion buklanuvchi mexanizm esa qurilma buklanganda uning orasida hech qanday bo‘shliq bo‘lmasligini ta’minlaydi. Shuningdek, ushbu mexanizm ekranning bukalandigan joyida hech qanday chiziq ko‘rinmasligini kafolatlaydi.

Foto: GSMArena

Tashqi tomonga 5.49 dyuymli AMOLED displeyi o‘rnatilgan bo‘lib, u 60Hz ekan yangilanish chastotasida ishlaydi. Tashqi va ichki asosiy displeylarda bittadan selfi kamera joylashgan.

Kameralar haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, Find N'ga optik tasvir barqarorlashtirish hamda ko‘p yo‘nalishli PDAF texnologiyasiga ega bo‘lgan 50MP asosiy kamera, 2x zumni qo‘llab-quvvatlovchi 13MP telefoto kamera hamda 16MP ultrakeng kamera o‘rnatilgan.

Qurilma Snapdragon 888 5G chipi bilan jihozlangan. Uning turli xil xotira hajmiga ega turlari mavjud.

Oppo Find N'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 132.6x140.2x8.0mm, 275g; old panel shisha (Gorilla Glass Victus) - tashqi displey, old panel plastik - asosiy displey, orqa panel shisha (Gorilla Glass Victus), alyuminiy rom.

> Displey: 7.10 dyuymli buklanuvchi LTPO AMOLED, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, HDR10+, maksimal 1000 nit yorqinlik, 1792x1920 piksel rezolyutsiya, 9.64:9 forma faktori, 370ppi zichlik; Tashqi displey: 5.49 dyuymli AMOLED displey, Gorilla Glass Victus, 988x1972 piksel rezolyutsiya, 18:9 forma faktori.

> Chipset: Qualcomm SM8350 Snapdragon 888 5G (5 nm): Sakkiz yadroli (1x2.84 GHz Kryo 680 & 3x2.42 GHz Kryo 680 & 4x1.80 GHz Kryo 680); Adreno 660.

> Xotira: 8/256GB, 12/512GB; UFS 3.1.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, ColorOS 12.

> Kamera: Asosiy kamera: 50MP, f/1.8, 24mm, 1/1.56“, 1.0µm, ko‘p yo‘nalishli PDAF, OIS; Telefoto kamera: 13MP, f/2.4, 52mm, 1/3.4“, 1.0µm, 2x optik zum, PDAF; Ultrakeng kamera: 16MP, f/2.2, 14mm, 123˚, 1/3.09“, 1.0µm.

> Selfi kamera: 32MP, f/2.4, 26mm, 1/2.74“, 0.8µm; Tashqi selfi kamera: 32MP, f/2.4, 26mm, 1/2.74“, 0.8µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@30/60/240 kadr/sek, gyro-EIS, HDR; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek, gyro-EIS.

> Akkumulyator: 4,500 mAs; 33 vatt quvvatlash texnologiyasi, 100% - 70 daqiqada (reklamaga ko‘ra), 15 vatt simsiz quvvatlanish imkoniyati, 10 vatt o‘zidan quvvat berish imkoniyati.

Boshqa: barmoq izi skaneri (yon tomonda); NFC.

Qurilma form-faktori o‘zgacha bo‘lsa-da, kamchiliklar ham yo‘q emas. Misol uchun, smartfonda suvdan himoya standarti mavjud emas. Samsung bu yilgi Z Fold 3 buklamafoniga IPX8 suvdan himoya standartini o‘rnatishga muvafaq bo‘ldi.

Qadoq tarkibi

Find seriyasi doimo premium ko‘rinishdagi qutida sotiladi. Oppo Find ham bundan mustasno emas.

Qurilma katta qora qutida keladi. Uning ichida qimmat smartfon bo‘lishi qutidan ma’lum.

Foto: GSMArena

Qadoq tarkibida smartfon bilan birga 33 vattlik quvvatlash adapteri va USB-C kabeli bo‘ladi holos. Avvalgi Oppo flagmanlari qutisida bo‘lgan quloqchinlar, afsuski, Find N'ning qadog‘ida mavjud emas.

O‘QING: Google Pixel 6 Pro'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!