OPPO Find X2 Lite chiqdi – 5G’da ishlovchi, kvadrokamerali yarim flagman!

  •   DiMaX
  •  792
  •  20.04.2020 10:55

OPPO Find X2 Lite chiqdi – 5G’da ishlovchi, kvadrokamerali yarim flagman!

Mart oyida Oppo kompaniyasi Find X2 hamda Find X2 Pro flagmanlarini taqdim etgan edi. AnTuTu servisining mart oyidagi eng qudratli smartfonlar reytingida ularning Pro-versiyasi 606 389 ball bilan barcha raqiblarini «yer tishlatgan». Bundan tashqari...

O‘QING: Dunyodagi eng qudratli smartfon endi Lite-versiyada chiqyapti

Kuni kecha shu flagmanlarning «soddalashtirilgan» versiyasi — OPPO Find X2 Lite ham taqdim etildi. Uning tomonlari o‘zaro 20:9 nisbatli OLED displeyi diagonaliga 6,4 dyuymlik o‘lchamga hamda Full HD+ formatidagi (2400x1080 piksellik) tasvir aniqligiga ega. Ekranning o‘ziga daktiloskopik datchik ham o‘rnatilgan va ustiga Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi yotqizilgan.

OPPO Find X2 Lite displeyidagi tomchisimon kemtikka naq 32 megapiksellik selfi-kamera o‘rnatilgan.

O‘QING: DxOMark taxtiga – Xiaomi Mi 10 Pro yoniga atigi 48 MPlik kamera bilan kim chiqib oldi?

Bosh kamera esa to‘rttalik: 48 MPlik asosiy (f/1.7) hamda 8 MPlik keng burchakli modullar, shuningdek, har biri 2 MPlik chuqurlik datchigi va sahna chuqurligi sensori.

Mazkur smartfon 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi o‘rta toifali protsessor – Snapdragon 765G bazasida ishlaydi. OPPO uni faqat bir xil – 8/128 gigabaytlik tezkor/doimiy xotirali variantda chiqaryapti. Find X2 Lite akkumulyatori esa 4025 mA/soatlik bo‘lib, 30 vattlik VOOC 4.0 texnologiyasi bo‘yicha tezkor quvvatlanadi. Batareyaning dastlabki 50 foizgacha to‘lishi uchun atigi 20 daqiqa kifoya qiladi.

O‘QING: Oppo Ace 2 namoyish qilindi: ko‘p tomonlama rekordchi flagman!

 

Find X2 Lite kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC chipiga, zamonaviy Bluetooth 5.1 interfeysiga ega. OPPO uni eng so‘nggi – ColorOS 7 grafik qobig‘i ostidagi Android 10 operatsion tizimi bilan taqdim etgan.

Eng asosiy masalaga keladigan bo‘lsak, OPPO Find X2 Lite qimmat emas, lekin uncha arzon ham emas – 500 yevroga narxlangan. Xaridorlar uning Pearl White yoki Moonlight Black rangdagi korpuslisini tanlab olishlari mumkin.

O‘QING: Meizu 17 yangi testda Xiaomi Mi 10, Oppo Find X2 Pro hamda Huawei P40 Pro’larni mahv etdi