Oppo Find X6 ekanligi tahmin qilinayotgan smartfon begemot kameraga ega!

Oppo Find X6 ekanligi tahmin qilinayotgan smartfon begemot kameraga ega!

Oppo o'zining navbatdagi flagman smartfonini tayyorlamoqda. Internetda esa allaqachon uning jonli suratlari tarqatildi va agar unga ishonadigan bo'lsak, smartfon sezilarli darajada bo'rtib chiqqan katta kameraga bilan keladi.

Oppo Find X5 flagman smartfoni o'tgan yilning fevral oyida, barcha e'tibor uning kamerasiga qaratilgan holda sotuvga chiqarilgan edi, chunki u kompaniya o'zi ishlab chiqargan MariSilicon X – maxsus tasvirlash chipi bilan jihozlangan birinchi smartfon edi. Oppo Find X6 bilan esa kompaniya ushbu chipni yaxshiroq va kattaroq kamera uskunalari bilan ulashga tayyor ko'rinadi – Internetda Oppo Find X6 ekanligi aytilayotgan smartfonning jonli suratlari tarqaldi.

Suratlarga qarab shuni aytish mumkinki, bu juda qalin smartfon va bunga uning orqa kamerasi sababchidir. Maqoladagi asosiy suratga e'tibor bergan bo'lsangiz smartfon stol ustiga qo'yilgan holatda ham uning tepa tomoni stoldan sezilarli darajada ko'tarilib turibdi. Yana bir suratdan esa ushbu katta kamera oroli to'rtburchak shaklda ekanligini ko'rishimiz mumkin.

Mish-mishlarga ko'ra, Oppo Find X6 kamerasi katta ekanligini 23 mm ekvivalent fokus uzunligidagi 1 dyuymli Sony IMX989 (50 MP) sensori bilan izohlash mumkin. Shu birgina katta kamera sensorining o'zigina smartfon kamera orolida qolgan qo'shimcha kameralar uchun joy qolishini so'roq ostiga oladi.

Oppo Find X6 aniq qachon taqdim qilinishi hozircha ma'lum emas, lekin uning fevral oyida taqdim qilinishi ehtimoli yuqori.

O'QING: Samsung yana bir yangi 200MP kamera sensorini taqdim qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!