Oppo ham o‘z buklama smartfonini ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  871
  •  26.02.2019 15:26

Oppo ham o‘z buklama smartfonini ko‘rsatdi!

Kuni kecha ikkita bukiluvchi smartfon – Samsung Galaxy Fold hamda Huawei Mate X modellari taqdimoti dunyoni hayratga soldi. Shuningdek, yana bitta xitoylik kompaniya qayishqoq ekranli, soatdek taqiladigan smartfon namoyish qildi.

O‘QING: Nubia Alpha taqdim etildi – bilakka taqiluvchi soat-smartfon (+video)

Oppo kompaniyasi ham ulardan qolishmasligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi, shekilli. Kecha uning vitse-prezidenti Brayan Shen o‘z kompaniyasi ishlab chiqqan buklama smartfon prototipini namoyish etdi.

Uning nafaqat tuzilishi va bukiluvchi mexanizmi, balki boshqa asosiy unsurlari ham Huawei Mate X modeliga o‘xshab ketadi. Masalan, korpusning ekrandan xoli qismi qalinroq ekanligi, asosiy kameraning joylashuvi kabi. Oppo smartfonining o‘z yurtdoshi mahsulotidan asosiy farqi – displey atrofidagi romlarning nisbatan qalinroq ekanligidir.

Brayan Shenning ta’kidlashicha, kompaniya hozircha bukiluvchi smartfonining rasmiy taqdimotini o‘tkazmaydi. Oppo ayni damda asosiy e’tiborini boshqa – 10 karralik zumga ega bo‘lgan 5G-flagmaniga qaratmoqda.

O‘QING: «JONLI» VIDEO: Xiaomi prezidenti Mi Mix Flex (yoki Mi Dual Flex) buklama smartfonini ishlatib ko‘rsatdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!