Oppo kompaniyasi Galaxy Z Flip 4 uchun ashaddiy raqobatchi tayyorlamoqda!

Oppo kompaniyasi Galaxy Z Flip 4 uchun ashaddiy raqobatchi tayyorlamoqda!

Oppo ilk marotaba buklamafonlar olamiga o'tgan yili o'zining Find N modeli bilan kirib kelgan edi. Oradan bir yil o'tar ekan, kompaniya endi yangi avlod bilan birgalikda yangi model, Find N2 Flip, chig'anoq kabi buklanadigan smartfonini chiqaradigan ko'rinadi.

Internetda Oppo Find N2 Flip buklamafonining qo'lda olingan videosi paydo bo'ldi. Garchi u videoda himoya keysi bilan ko'rsatilgan bo'lsa ham, biz bo'lajak smartfonning tashqi ko'rinishi haqida umumiy ma'lumot olsak bo'ladi.

Videoda Find N2 Flip'ning 6.8 dyuymligi tahmin qilinayotgan ichki asosiy ekrani yuqori markazida 32 MP bo'lishi mumkin bo'lgan selfi kamera joylashganligi ko'rishimiz mumkin. Buni qo'ya turing, eng qizig'i buklamafon orqasida: bo'lajak Galaxy Z Flip raqibi orqa tomonida xuddi unikidek, biroq vertikal joylashtirilgan 3.26 dyuymli ekanligi aytilayotgan qo'shimcha ekranga ega. Shuni qo'rqmasdan aytish mumkinki, agar Find N2 Flip chiqarilsa, uning orqa ekrani hozirgi Flip buklamafonlar orasida eng kattasi bo'ladi. Shuningdek, ikkinchi ekran yonida ikkita katta yumaloq kameralar ko'zga tashlanadi. Ehtimol, ular Sony'ning 50 megapikselli IMX766 asosiy va 8 megapikselli IMX355 ultrakeng kamera sensorlari bo'lishi mumkin.

Mish-mishlarga ko'ra, Oppo Find N2 Flip buklamafoni MediaTek'ning Dimensity 9000+ chipseti bilan jihozlanadi. Uning 4300 mA/soat batareyasi 44 Vt tezlikda zaryadlanadi. Buklamafon katta ehtimol bilan yaqin kunlarda taqdim qilinadi va u global bozorda sotilishi kutilmoqda.

O'QING: Oppo Reno 9 smartfonlari chiqarildi