Oppo kompaniyasi yangi o‘yinbop smartfonni sotuvga chiqarmoqda

Oppo kompaniyasi yangi o‘yinbop smartfonni sotuvga chiqarmoqda

O‘tgan hafta Oppo kompaniyasi K9 Pro smartfoni 26 sentyabr sanasida sotuvga chiqishi haqida xabar bergan edi. Endi Weibo sayti qurilmaning taqdimot marosimi yakshanba kuni Xitoy vaqt bilan 17:00 da boshlanishi haqida ma’lumot berdi.

Oppo K9 Pro o‘yinbop smartfon bo‘lib, uning texnik tavsifi haqida batafsil ma’lumot berilmagan. Biroq kompaniya Weibo saytida smartfonning qanday dizayn hamda ranglarda bo‘lishini ko‘rsatdi.

Qurilma 6.43 dyuymli AMOLED displeyi, MediaTek Dimensity, 1200 SoC chipi 8GB/12GB tezkor xotira, 128GB/256GB doimiy xotira, barmoq izi skaneri, 5G tarmog‘i, 4,400 mAs akkumulyatorga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Smartfonga 16MP selfi kamera, 64MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng, 2MP makro kamera o‘rnatiladi.

O‘QING: Oppo Reno6 Pro 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!