Oppo o‘zining birinchi buklanuvchi smartfonini taqdim etmoqchi

Oppo o‘zining birinchi buklanuvchi smartfonini taqdim etmoqchi

Oppo kompaniyasi buklanuvchi smartfon ustida ish olib borayotgani haqidagi mish-mishlar anchadan beri mavjud. Unga ko‘ra, yangi buklamafon shu yilning oxirgi qismida taqdim etilishi kerak deb hisoblanyotgan edi.

Yangi tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra esa, buklamafon noyabr oyida taqdim etiladi. U LTPO texnologiyasi hamda 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 8 dyuymli ichki buklanuvchi displeyga ega bo‘ladi. Bu displey Samsung kompaniyasi tomonjdan ishlab chiqarilgan bo‘ladi. Yangi smartfon Snapdragon 888 chipid ishlaydi. 

Shuningdek, mish-mishlarda buklamafon narxi qimmat bo‘lishi aytilgan. Bundan tashqari, uning global bozor uchun sotuvga chiqishi so‘roq ostida turibdi. Hozirgi ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, smartfon faqat Xitoy bozori uchun ishlab chiqariladi. 

Oldingi mish-mishlarda Oppo buklamafoni Sony'ning IMX766 sensori bilan jihozlangan 50MP asosiy kamera va 32MP selfi kamera, shuningdek, yon tomonga o‘rnatilgan barmoq izi skaneriga ega bo‘lishi haqida aytilgan edi. 

O‘QING: Oppo F19s taqdim qilindi, Reno6 Pro'ning Diwali Edition talqini chiqdi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!