Oppo o'zining QRIC nomli "kiber" kuchugini taqdim qildi!

Oppo o'zining QRIC nomli

Bir necha kundan so'ng, Xitoyning Oppo texno-giganti o'zining INNO Day tadbirini o'tkazishga tayyorlanmoqda. Unda kompaniya o'zining yangi texnologiyalarini taqdim qiladi va ularning biri nima ekanligi allaqachon ma'lum bo'ldi.

Oppo o'zining YouTube sahifasiga QRIC (Quadrupedal Robotic with Intelligent Controller) to'rt oyoqli, aqlli boshqaruvga ega robot kuchugining videosini joyladi. Ma'lum bo'lishicha, ushbu robo-kuchuk "uy hayvoni" vazifasini bajaradi yoxud u sizning yaqin hamrohingiz bo'lishi mumkin. U oldidagi tahminan 10 ta atrofidagi kameralari orqali ko'roladi va shaxsni aniqlay oladi, shu bilan birga, QRIC gapirish qobiliyatiga ham ega. Uni smartfon orqali boshqarish mumkin. Agar u yiqilish kabi favqulodda holatlarni aniqlasa, u yordam qo'ng'iroqlarini amalga oshira oladi.

Videoda QRIC'ning orqaga salto otishini ham ko'rishingiz mumkin. Shuningdek, u yengil buyumlarni ko'tara oladi ham. Afsuski, batafsil ma'lumotlar hali oshkor qilinmagan. Ehtimol, QRIC haqida 15-dekabrda bo'lib o'tadigan Oppo INNO Day taqdimotida to'liqroq ma'lumotga ega bo'lamiz.

O'QING: Apple elektromobilining qachon chiqarilishi va narxi ma'lum bo'ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!