Oppo plastik kartochka o‘lchamida buklamafon – slaydfon yaratdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  737
  •  14.12.2020 14:25

Oppo plastik kartochka o‘lchamida buklamafon – slaydfon yaratdi! (+video)

Turli smartfonsozlar o‘zlarining qayishqoq ekranli bukiluvchi modellari – buklamafonlarni ishlab chiqishmoqda. Samsung esa allaqachon o‘rama displey o‘rnatilgan smartfonini «jonli» ko‘rsatgan.

O‘QING: Yangi yilda Xiaomi, Google va boshqa kompaniyalardan yangicha smartfon kutavering

Oppo esa umuman o‘zgacha telefon yaratdi – uning korpusi bir nechta joyidan bukiladi, ammo bu – Z shaklida buklanuvchi «garmoshka» emas. Kompaniya bunaqa form-faktorni «slaydfon» deb nomlamoqda.

Yaoniyaning Nendo dizaynerlik studiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ushbu konseptual smartfonning yana bir o‘ziga xosligi – o‘lchami kredit kartasichalik keladi (qalinligi emas, albatta). Oppo uning korpusiga stilus ham joylaganiga qoyil qolmay iloj yo‘q.

Taniqli insayder Ben Geskin (Ben Geskin) ushbu slaydfonni qanday ishlatish mumkinligini ko‘rsatuvchi videorolikni e’lon qildi:

Oppo bu antiqa smartfonini bozorga chiqarish-chiqarmasligi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

O‘QING: LG Rollable: kompaniya «rulon-smartfon» tayyorlamoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!