Oppo Reno 7 jonli suratlarda

Oppo Reno 7 jonli suratlarda

O‘tgan oyda Oppo Reno 7 smartfonining renderlari e’lon qilingan edi. Unda smartfon yangicha dizayndagi kamera modulida ega bo‘lishi ma’lum bo‘lgan edi. Bugun esa smartfonning jonli suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

Smartfon korpusida hech qanday barmoq iz skaneri ko‘rinmaydi. Demak, qurilma AMOLED displeyi va ekranosti barmoq izi skaneriga ega bo‘ladi. 

Avvalgi ma’lum ko‘ra, smartfon BOE tomonidan ishlab chiqilgan 6.5 dyuymli displey bilan jihozlangan bo‘lib, u 90Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Qurilma Dimensity 920 chipida ishlaydi hamda 4,500 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Reno seriyasi har besh-olti oyda taqdim etiladi. Shuning uchun Reno 7 seriyasi yaqin kunlar ichida namoyish etiladi. 

O‘QING: 18GB tezkor xotira hamda 1TB doimiy xotiraga ega bo‘lgan flagman smartfon chiqmoqda 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!