Oppo Reno4 Z 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

Oppo Reno4 Z 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

Oppo yaqindagina Reno5 oilasining dastlabki uchta vakilini e’lon qildi. Ushbu lineyka tarkibida yana ko‘pgina boshqa smartfonlar ham taqdim qilinadi. «Buni qayerdan bilasiz?», dersiz. Bunga javoban aytish mumkinki, Reno4 smartfonlari soni naq 8 ta. Quyida ularning biri — Reno4 Z 5G smartfoni bilan tanishamiz.

5G texnologiyasiga ega 4-avlod Reno smartfonlarining eng arzoni bo‘lmish Z 5G smartfonini 450 dollar atrofiga xarid qilish mumkin. Ushbu narx Reno4 Pro 5G'dan ikki baravar arzon bo‘lsa, Reno4 5G narxining uchdan ikkisiga teng.

Qahramonimiz Mediatek Dimensity 800 chipida ishlaydi. Qiyos uchun, Reno4 5G/Reno4 Pro 5G'lar Snapdragon 765G chipseti bilan jihozlangan. Biroq protsessor borasida xavotirlanmasa ham bo‘ladi, sababi har ikkala chip birdek unumdorlikka ega.

Smartfonning lineykadagi boshqa modellardan farqlanuvchi yana bir jihati 6.57 dyuymli LCD ekranidir. OLED panellarni sevuvchilar Oppo‘ning bu qaroridan norozi bo‘lishlari mumkin, biroq Reno4 Z 5Z'ning ekrani 120Hz yangilanish chastotasiga egaligini unutmaslik kerak. Shoshmang, axir, akkumulyator sig‘imi atigi 4,000 mAs xolos-ku! 120Hz chastotali ekranga bu sig‘imli akkumulyator yetarli emas, bizningcha.

Smartfonda jami 6 ta kamera bor. Ularning uchtasi yaxshi sifatli, qolgan uchtasi esa unchalik ham maqtarli emas. Qahramonimiz 48MP asosiy, 8MP ultrakeng, 2MP makro va 2MP sath kameralariga ega. Old tomonda esa 16MP selfi kameraga 2MP sath kamerasi hamroh qilingan. Bu kameralar juftligi ekranning chap tomonidagi hapdori shaklidagi kemtikka joylangan.

Oppo Reno4 Z 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 163.8x75.5x8.1 mm, 184g; plastik rom va orqa panel.

> Displey: 6.57" LTPS IPS LCD, 120Hz, 1080x2400 piksel rezolyutsiyasi, 20:9 forma faktori, 401 piksel/dyuym zichlik.

> Chipset: MediaTek MT6873V Dimensity 800 5G (7 nm): sakkiz yadroli (4x2.0 GHz Cortex-A76 & 4x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G57 MC4.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 10, ColorOS 7.2.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 48 MP, f/1.7, 26mm, 1/2.0", 0.8µm, PDAF; •Ultrakeng: 8 MP, f/2.2, 119˚, 1/4.0", 1.12µm; •Sath: 2 2 MP, f/2.4; •Makro: 2 2 MP, f/2.4

> Old kamera: •Keng (asosiy): 16 MP, f/2.0, 26mm, 1/3.06", 1.0µm; •Sath: 2 MP, f/2.4.

> Video yozuv: •Orqa kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30 kadr/sek., giro-EIS; •Old kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4000 mAs; 18 Vt tezkor quvvatlash.

> 5G aloqa: SA/NSA diapozonlar 1,3,5,7,8,20,28,38,40,41,77,78.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (yon tomonda); NFC; 3.5 mm audio jek.

Qadoq tarkibi
Oppo Reno4 Z 5G smartfoni qadog‘i tarkibida 18 V lik quvvatlagich, quloqchin va shaffof silikon g‘ilofi bor.

O‘QING: Samsung Galaxy M51'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!