Oppo Reno6 5G'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Oppo Reno6 5G'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

O‘tgan yilning dekabr oyida Oppo kompaniyasi Reno5 seriyasini taqdim etgan edi. Oradan hech qancha o‘tmay, yani 2021 yilning may oyida ushbu seriyaning yangi avlodi Reno6 5G smartfoni taqdim etildi. Qurilmaning, shuningdek, Pro hamda Pro+ versiyalari bor, biroq bu qurilmalar faqat xitoy bozorida sotiladi.

O‘QING: Oppo Reno6 Pro 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Reno6'ning dizayni hamda texnik jihatlari avvalgi avlodnikiga juda o‘xshash. Albatta, olti oy vaqt ichida taqdim qilingan smartfondan katta o‘zgarishlar kutilmaydi.

Foto: GSMArena

Smartfon MediaTek Dimensity 900 chipi hamda 8/128GB, 12/256GB xotira hajmiga ega. Umumiy texnik jihatlaridan qurilmani o‘rta toifadagi smartfonlar qatoriga kiritish mumkin.

Oppo Reno6 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 156.8x72.1x7.6mm, 182g; old panel shisha (Gorilla Glass 5), orqa panel plastik, metall rom .

> Displey: 6.43 dyuymli AMOLED displeyi, 90Hz ekran yangilanish chastotasi, 750 nit yorqinlik, 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 409ppi zichlik.

> Chipset: MediaTek MT6877 Dimensity 900 5G (6 nm): Sakkiz yadroli (2x2.4 GHz Cortex-A78 & 6x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G68 MC4.

> Xotira: 8/128GB, 12/256GB; UFS 2.1

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, ColorOS 11.3

> Kamera: Asosiy kamera: 64MP f/1.7, 26mm, 1/2.0“, 0.7µm, PDAF; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.2, 119˚, 1/4.0“, 1.12µm; Sath kamera: 2MP, f/2.4.

> Selfi kamera: 32MP f/2.4 26mm (keng), 1/2.8“, 0.8µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30 kadr/sek, 1080p@30/60 kadr/sek; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,300 mAs, 65 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati, SuperVOOC 2.0.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik).

Smartfonning kameralarini o‘ta sifatli deb bo‘lmaydi. Smartfon o‘rta toifaga mansub bo‘lgani kabi, kameralar ham o‘rta darajada. Cyeriyadagi faqatgina Pro+ modeli telefoto hamda yuqori darajagadagi asosiy hamda ultrakeng kameralarga ega bo‘ladi. Hatto Pro model ham oddiy Reno6 ega bo‘lgan kameralar bilan jihozlangan.

Boshqa o‘rta toifadagi smartfonlar bilan taqqoslaganda, Reno6 5G kichikroq sig‘imi akkumulyatorga ega, biroq uni 65 vatt bilan tez quvvatlash mumkin.

Smartfonning narxi taxminan 400-500 yevroni tashkil qiladi. Agar qurilmanning umumiy texnik jihatlarini hisobga olsak, hozirda bundan arzonroq, lekin yaxshiroq texnik jihatlarga ega bo‘lgan smartfonlarni topish mumkin.

Qadoq tarkibi

Smartfon qadog‘i bir qancha aksessuarlardan iborat bo‘lib, USB-C kabeli, quvvatlash adapteri, quloqchinlar smartfon bilan bir qutida keladi.

Foto: GSMArena

Hozirda ayrim smartfonlar hatto quvvatlash adapterisiz sotilmoqda. Ko‘plab kompaniyalar esa qutidan quloqchinlarni allaqachon olib tashlashgan.

O‘QING: iPad mini (2021)'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!