Oppo Reno6 Pro 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Oppo Reno6 Pro 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Oppo Reno6 Pro 5G smartfoni may oyida Reno6 5G va Reno Pro+ 5G modellari bilan birga Xitoy uchun chiqarilgan edi. Oradan bir necha oy o‘tib, qurilma xalqaro do‘konlar rastalarida ham paydo bo‘ldi.

O‘QING: Samsung Galaxy Z Flip3 5G'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Biroq Pro+ modeli global bozorga chiqmadi va kompaniya bu haqida rejalarini oshkor qilmadi ham.

Reno6 Pro qurilmasi qimmatroq Plus modeli bilan bir xil foydalanuvchi amaliyotini taqdim qilishi nazarda tutilgan. Ikkala smartfon o‘rtasidagi farq chipset va kameralarda ko‘rinadi. Standart Pro modeli Dimensity 1200 SoC bilan jihozlangan bo‘lsa, Pro+ ga Snapdragon 870 o‘rnatilgan. Qahramonimizga, shuningdek, flagman toifa emas, balki o‘rta toifa kameralar qo‘yilgan.

Oppo Reno6 Pro 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 160.0x73.1x7.6 mm, 177 g; shishadan ishlangan old panel (Gorilla Glass 5), shishadan ishlangan orqa panel, metall rom.

> Displey: 6.55" AMOLED, 90Hz, HDR10+, 500 nit (o‘rta.), 800 nit (HBM), 1080x2400p rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 402ppi zichlik.

> Chipset: MediaTek MT6893 Dimensity 1200 5G (6 nm): sakkiz yadroli (1x3.0 GHz Cortex-A78 & 3x2.6 GHz Cortex-A78 & 4x2.0 GHz Cortex-A55); Mali-G77 MC9

> Xotira: 128GB 8GB RAM, 256GB 12GB RAM; UFS 2.1 — global versiyada, UFS 3.1 - Xitoy versiyada.

> Orqa kamera: •Keng (asosiy): 64 MP, f/1.7, 26 mm, 1/2.0", 0.7µm, PDAF; •Ultrakeng: 8 MP, f/2.2, 120˚, 1/4.0", 1.12µm; •Makro: 2 MP, f/2.4; •Sath: 2 MP, f/2.4.

> Old kamera: 32 MP, f/2.4, 26 mm (keng), 1/2.8", 0.8µm.

> Video yozuv: •Orqa kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30/60 kadr/sek.; giro-EIS, HDR; •Old kamera: 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,500 mAs; 65 vattda tezkor quvvatlanish, SuperVOOC 2.0.

> Boshqa: barmoq izi skaneri (ekran ostida, optik); NFC.

Reno6 Pro 5G — premium dizayn va komptent, raqobatdosh apparat ta’minotiga ega smartfon. Smartfon 90Hz chastotali, yorqin AMOLED ekrani, 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator, 65 vattda tezkor quvvatlanish imkoniyati va MediaTek'ning yuqori toifa Dimensity 1200 platformasi bilan maqtana oladi.

Qadoq tarkibi
Qurilma odatiy qadoqda sotilib, quti ichida foydalanuvchi yo‘riqnomalari, USB-A ga USB-C kabeli, 65 vattlik SuperVOOC 2.0 zaryadchik, shaffof silikon g‘ilofi va USB-C kabeli bor.

O‘QING: Sony Xperia 5 III'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!