Oppo Reno9 seriyasidagi eng yuqori model: Reno9 Pro+ chiqarildi!

Oppo Reno9 seriyasidagi eng yuqori model: Reno9 Pro+ chiqarildi!

Oppo kompaniyasi Xitoyda o'zining Reno9 uchlik smartfonlar seriyasini taqdim qildi. Garchi bir qarashda Reno9 va Reno9 Pro modellaridan farq qilmaydigandek ko'rinsa ham, qatordagi eng yuqori modeli – Reno 9 Pro+ nafaqat texnik xususiyatlar borasida, balki tashqi ko'rinishda ham biroz farq qiladi.

Oddiy va Pro modellardan farqli o'laroq Pro+ modeli orqa tomonda uchlik kameraga, shuningdek, ularni o'rab turadigan orolga ham bor. Qolaversa, ushbu model o'lchami ham qatordagi boshqalarga qaraganda birozgina farq qiladi yoxud Reno 9 Pro+ modeli 161.5x73.6x7.99 o'lcham va 192 gram og'irlikka ega.

Kameralarga kelsak, ushbu model Reno 9 va Reno 9 Pro kameralarini o'zida mujassamlashtirgan: 50MP asosiy, 8MP ultra-keng va 2MP makro. Selfi kamera esa bir xil: 32 MP.

Kapot ostida qurilmaga Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti o'rnatilgan. Qolaversa, uning ustiga suratlar yaxshilashga xizmat qiladigan MariSilicon X NPU chipi ham qurilgan. Qurilma 16 GB LPDDR5 operativ xotira, hamda, 256/512 GB UFS 3.1 doimiy xotira bilan Android 13'ga asoslangan ColorOS operatsion tizimida ishlaydi. Uning 4700 mA/soat batareyasini 80 Vt tezlikda smartfon qutisida keladigan zaryadlovchi adapter bilan quvvatlash mumkin.

Asosiy farqlar shulardan iborat, qolgan texnik xususiyatlar Reno 9 va Reno 9 Pro modellariniki bilan bir xil.

Oppo Reno 9 Pro+ modeli ham 2-dekabrdan sotuvga chiqariladi. Narxlar quyidagicha:

16/256 GB – 3999 yuan (6,268,000 so'm)
16/512 GB – 4399 yuan (6,895,000 so'm)

O'QING: Oppo'ning 240 Vt tezlikda zaryadlanadigan smartfoni qachon chiqarilishi ma’lum bo‘ldi