Bir tanada ikki jon: Oppo Reno9 va Reno9 Pro smartfonlari chiqarildi!

Bir tanada ikki jon: Oppo Reno9 va Reno9 Pro smartfonlari chiqarildi!

Oppo kompaniyasi Xitoyda o'zining Reno 9 smartfonlari uchligi: Reno9, Reno9 Pro va Reno9 Pro+ modellarini taqdim qildi. Bir qarashda ularni bir-biridan ajratish qiyin, chunki uchchala model ham deyarli bir xil ko'rinishga ega. Biroq, ular texnik xususiyatlar borasida bir-biridan farq qiladi. Umumiy dizayn Reno 8 smartfonlarini eslatib yuboradi, lekin bu safar smartfonlar kamerasini o'rab turgan orol orqa tomon bilan tekislab yuborilgan va endi kameralarni o'zigina qurilmadan bo'rtib chiqib turadi.

Qatordagi Reno9 va Reno9 Pro smartfonlari 162.3x74.2x7.19 mm o'lchamdagi bir xil tanaga ega. Hatto, ularning og'irligi ham bir xil – 174 gramm. Shuningdek, ikkala model ham FHD+ rezolyutsiyadagi, 120 gerts yangilanish tezligiga ega bo'lgan 6.7 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan. Ularning ekrani yuqori markazida 32 megapikselli bir xil selfi kamera sensori joylashgan.

Foto: Oppo

Biroq, orqa kameraga kelganda farqlarni ko'rish mumkin. Reno9 Pro modeli f/1.8 diafragmali 50 MP asosiy va f/2.2 diafragmali 8 MP ultra-keng sensorga bo'lsa, oddiy model 64 MP (f/1.7) asosiy bilan 2 MP (f/2.4) oq-qora sensor o'rnatilgan. Ular bilan 4K formatida 30 kadr/sekund, FHD va HD formatida esa 60/30 kadr/sekund tezlikda videolar olish mumkin.

Foto: Oppo

Kapot osti texnik xususiyatlari ham, albatta, bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Reno9 boshlang'ich modeliga MediaTek'ning Dimensity 8100-MAX chipseti qo'yilgan. Reno9 Pro esa Qualcomm'ning Snapdragon 778G chipseti bilan chiqarilgan. Xotira borasida Pro model faqat 16 GB LPDDR5 operativ xotira va 256/512 GB UFS 3.1 doimiy xotirasi bilan ishlaydi. Reno9 esa ikki xil: 8/12 GB LPDDR4x RAM va 256 GB UFS 2.2, hamda, 12 GB LPDDR5 va 512 GB UFS 3.1 xotira konfiguratsiyasiga ega. Ikkala modellarda ham xotirani kengaytirish uchun microSD uyasi mavjud emas. Smartfonlarning 4500 mA/soat batareyasini SUPERVOOC texnologiyasiga asoslangan 67 Vt tezlikda quvvatlash mumkin.

Aloqa va ulanishga keladigan bo'lsak, smartfonlar 5G, Wi-Fi 6 texnologiyalarini, shuningdek, Pro model Bluetooth 5.3, oddiy model esa Bluetooth 5.2 versiyasini qo'llab-quvvatlaydi. Ikkala model ham USB-C portiga ega va unga simli naushnik ham ulash mumkin, chunki smartfonlardan 3.5 millimetr naushnik uyasi olib tashlangan. Qo'shimchasiga, smartfonlarda barmoq izini aniqlash skaneri, NFC, sun'iy yo'ldosh orqali joylashuvni aniqlash va infraqizil masofaviy boshqaruv xususiyatlari bor. Ikkalasi ham Android 13'ga asoslangan ColorOS 13 operatsion tizimida ishlaydi.

Reno9 va Reno9 Pro smartfonlari 2-dekabrdan Xitoyda quyidagi narxda sotuvga chiqariladi:

Oppo Reno 9

  • 8GB + 256GB – 2,499 yuan (3,913,000 so'm)
  • 12GB + 256GB – 2,699 yuan (4,226,000 so'm)
  • 12GB + 512GB – 2,999 yuan (4,696,000 so'm)

Oppo Reno 9 Pro

  • 16GB + 256GB – 3,499 yuan (5,479,000 so'm)
  • 16GB + 512GB – 3,799 yuan (5,949,000 so'm)

Avvalgi avlod Reno smartfonlari kabi ushbu smartfonlar bir necha haftadan so'ng global bozorga chiqarilishi kutilmoqda.

O'QING: Oppo A1 Pro smartfoni taqdim qilindi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!