Oppo X 2021 – o‘rama ekranli ilk smartfon namoyish qilindi! (+videolar)

  •   DiMaX
  •  1941
  •  17.11.2020 15:58

Oppo X 2021 – o‘rama ekranli ilk smartfon namoyish qilindi! (+videolar)

Bir qator displeysoz va smartfonsoz kompaniyalar o‘raluvchi ekranga ega bo‘lgan smartfon tayyorlashga kirishganidan xabaringiz bor. OPPO esa ularning barini dog‘da qoldirdi – bugun, 17 noyabr kuni shunaqa texnologiyaga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi telefonni taqdim etdi!

O‘QING: Samsung o‘rama ekranli smartfonini birinchi bor «jonli» ko‘rsatdi!

Inqilobiy smartfon Oppo X 2021 deb nomlangan bo‘lib, uni yaratish jarayonida kompaniya naq 122 ta patent olgan. Gadjetning qayishqoq OLED-displeyining ma’lum bir qismi korpusning ikki yonida o‘ralib yashirinib turadi. Uni yoyganda esa 6,7 dyuymlik ekran o‘lchami 7,4 dyuymgacha yetadi.

Mana, o‘zingiz tomosha qiling:

Bunday smartfon yaratish uchun kompaniya kichik dvigatelni va diametri 6,8 milliyetrlik rolikni o‘z ichiga oluvchi maxsus konstruksiya ishlab chiqqan. U ekranning yoyilgan paytida mutlaq tekis va qattiq turishiga yordam beradi.

O‘QING: LG Rollable: kompaniya «rulon-smartfon» tayyorlamoqda

Oppo bayonotiga ko‘ra, bunday konstruksiya smartfonni turli maqsadlarda ishlatishda qo‘l keladi: videoroliklar tomosha qilish, o‘yinlar, veb-brauzer, messenjerlar, kameradan foydalanish va hokazo.

Kompaniya hozircha Oppo X 2021 haqida batafsil ma’lumot bermagan. Shuningdek, mazkur qurilma qachondir ommaviy ishlab chiqarilib bozorga taqdim etiladimi, yoki konseptual smartfon holida qoladimi – bunisiyam noma’lum.

O‘QING: O‘rama smartfonni ishlayotgan holida «jonli» videoda ko‘ramiz!