Optik barmoq izi skaneri qanday ishlaydi?

Optik barmoq izi skaneri qanday ishlaydi?

Hozirgi kunda barmoq izi skanerlari faqatgina flagman smartfonlarga emas, balki byudjet sinfiga mansub smartfonlarga ham o‘rnatilmoqda. Ushbu texnologiya yillar sayin rivojlanib, yanada tez va aniq ishlash bosqichiga yetib keldi. 

O‘QING: SoC nima? 

Keling, yaxshisi barmoq izi skaneri qanday ishlashi haqida gaplashamiz. 

Optik barmoq izi skaneri 

Optik barmoq izi skaneri barmoq izini olish va taqqoslashning eng eski metodi hisoblanadi. Nomidan aytib turibdiki, ushbu texnologiya optik tasvirni — asosan fotosuratni nusxa olishga tayanadi. Keyin u tasvirning eng yorug‘ va qorong‘i qismlarini tahlil qilish va sirtdagi iz hamda belgilarni aniqlash uchun algoritmlardan foydalanadi. 

Smartfon kameralari singari barmoq izi sensorlari ham cheklangan rezolyusiyada ishlaydi. Rezolyusiya qanchalik baland bo‘lsa, sensor barmoq izining to‘liq tafsilotlarini aniqlay oladi va xavfsizlik darajasini oshiradi. 

Biroq oddiy kameraga nisbatan barmoq izi sensorlari yuqori kontrastli suratlarni olishga qodir bo‘ladi. Barmoq izini aniqlash uchun optik skanerlarning har bir dyuymida ko‘plab diodlar bo‘ladi. 

Barmoq skaner ustiga qo‘yilganda tasvirni yoritish maqsadida skaner LED yoki displey yorug‘ligidan foydalanadi. 

Optik skanerlarni aldash unchalik qiyin emas. Bu ularning eng katta kamchiligi hisoblanadi. Texnologiya faqat 2D tasvirni olish uchun mo‘ljallanganligi sabab, protezlar va hatto sifatli rasmlar ham ushbu texnologiyani aldash uchun yetarli. 

Bu turdagi skanerga maxfiy tafsilotlarni ishonib topshirish haqiqatan ham xavfsizlikdan holi emas. Shunday qilib, sanoat yanada xavfsiz gibrid echimlarga o‘ta boshladi. 

Xavfsizlikka talab ortib borayotganligi sababli, smartfonlarga kapasitiv va optik-kapasitiv gibrid skanerlar o‘rnatila boshlandi. Ushbu skanerlar haqiqiy barmoqni aniqlash uchun kapasitiv zondlash bilan bir qatorda optik barmoq izi ma’lumotlaridan foydalanadi. Texnologiyaning arzonlashishi uni o‘rta narxdagi qurilmalarda ham bo‘lishiga zamin yaratdi. 

Ramkasiz displeylarning ommalashishi sabab, kichik optik modullar yana qaytmoqda. Ularni displey oynasi ostiga o‘rnatish mumkin. Bu uchun ular katta maydonni talab qilmaydi. Ushbu turdagi skanerlar nam yoki ho‘l barmoq bilan ham ishlay oladi. 

O‘QING: AMOLED displey nima?