Oq choynakka ko‘k qopqoq, ko‘k choynakka oq qopqoq

Oq choynakka ko‘k qopqoq, ko‘k choynakka oq qopqoq

O‘tgan yili Ken Pillonel USB-C portiga ega dunyodagi birinchi iPhone'ni yaratib, uni eBay onlayn do‘konida 86,000 dollarga sotishga muvaffaq bo‘lgan edi. Bu yil esa shveytsariyalik muhandis o‘z ishining teskarini, ya’ni Android smartfoniga Apple'ning Lightning portini o‘rnatishga qaror qildi.

Pillionel tajriba uchun Samsung Galaxy A51 smartfonidan foydalangan va uning aytishicha bu texnik jihatdan juda qiyin bo‘lgan, lekin u muvaffaqiyatga erishgan. O‘rnatilgan Apple Lightning porti to‘liq ishlamoqda. Yangi port bilan smartfonni nafaqat quvvatlash, balki, ma’lumotlarni ulashish ham mumkin.

"Bu o‘zgacha fikrlashni talab qiladigan murakkab modifikatsiya edi. Apple tomonidan sotiladigan Lightning kabellari "tentak" emas. Ular faqat Apple qurilmalarini zaryad qiladi. Shunday qilib, men kabel o‘zini "Apple qurilmasiga ulanganman" deb o‘ylashi uchun yo‘l topishim va uni telefon ichiga sig‘dirishim kerak edi.

Men buni ikki sababga ko‘ra USB-C bilan ishlaydigan birinchi iPhone'ga qaraganda osonroq bo‘ldi deb ayta olaman. Birinchidan, men bu ishda yaxshilanib bormoqdaman, chunki men har kuni yangi narsalarni o‘rganyapman, shuning uchun umid qilamanki, men bu modlarni yanada tezroq tugataman. Ikkinchi sabab esa - tayyor mahsulot sifati iPhonedan umuman boshqacha.

Men aqli raso odamlar o‘z qurilmasi bilan bunday qilishini xohlamayman. Bu shunchaki qiziqish uchun edi va men buni uddalay olamanmi yoki yo‘qligini ko‘rmoqchi edim." deydi Ken Pillionel.

O‘QING: Toza musiqa va toza havo

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!