«Oq xaker» Sukerbergning akkkauntini buzishdan voz kechdi – Facebook uning «og‘zini moyladi»!

  •   DiMaX
  •  875
  •  29.09.2018 17:56

«Oq xaker» Sukerbergning akkkauntini buzishdan voz kechdi – Facebook uning «og‘zini moyladi»!

28 sentyabr kuni tayvanlik «oq xaker» Chan Chi-yan antiqa da’vo bilan chiqdi: 30 sentyabrda u Facebook asoschisi va rahbari Mark Sukerbergning ayni shu platformadagi sahifasiga hujum qilib, uni o‘chirib tashlshini aytdi! Tag‘in, ushbu jarayonning o‘z Facebook-akkaunti orqali jonli efirga uzatib turishini ham ommaviy tarzda e’lon qildi.

O‘QING: BUNAQASI BO‘LMAGAN: «oq xaker» Sukerbergning Facebook-sahifasini shu tarmoqdagi jonli efirda buzib tashlashga so‘z berdi!

Lekin bugun – 29 sentyabrda ma’lum bo‘lishicha, Chan Chi-yan bu niyatidan kechganini, Mark Sukerbergning Facebook-sahifasini buzmasligini aytgan. Chunki ijtimoiy tarmoq ma’muriyati u bilan kelishgan va «oq xaker» himoyadagi «tirqish» haqidagi ma’lumotni rag‘batlantirish evaziga ularga taqdim etgan.

Ammo Facebook’da boshqa bir nosozlik bo‘lganini dunyo bo‘ylab ko‘pchilik payqagan: ko‘plab foydalanuvchilar o‘z akkauntlariga qaytadan kirishga majbur bo‘lishgan. Buning sababi shundaki, 25 sentyabrda dasturchilar ijtimoiy tarmoq himoyasidagi «tuynuk»ni aniqlashgan. Xakerlar ushbu nosozlikdan foydalanib, saqlangan sessiyalar orqali yuzerlarning akkauntlariga kirishlari mumkin ekan. Shuning oldini olish uchun Facebook vakillari 90 millionta akkauntning saqlangan sessiyalarini uzishgan. Ya’ni, shu foydalanuvchilar o‘zlarining Facebook login-parollari saqlangan qurilmalarda parolni qaytadan terib kirishga majbur bo‘lishgan – bor gap shu.

Facebook vakillarining aniqlashlaricha, tayvanlik «oq xaker» Chan Chi-yan ushbu zaiflikdan foydalanmagan.

O‘QING: Xakerlar hatto Pavel Durov akkauntiniyam buzib kirishdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.