O‘qishga imtihonsiz kirish imkonini beruvchi yana bir tanlov joriy etildi

  •   DiMaX
  •  3471
  •  07.10.2020 17:34

O‘qishga imtihonsiz kirish imkonini beruvchi yana bir tanlov joriy etildi

«Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–4851-son, 06.10.2020 y.) qabul qilindi.

O‘QING: Prezident farmoni: Har bir aholi punkti kamida 10 Mbit/s.lik internetga ulanadi!

Qarorga muvofiq, OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlari talabalari o‘rtasida informatika, dasturlash va axborot texnologiyalari sohalarida o‘tkaziladigan respublika va nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari bo‘lgan talabalar OTMning tegishli magistraturasi yo‘nalishlariga ajratilgan kvota doirasida davlat grantlari asosida imtihonsiz qabul qilinadi.

2021/2022 o‘quv yilidan ushbu yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlayotgan barcha OTM maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha ko‘p bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – oliy ta’lim muassasasi) o‘z olimpiadasi o‘tkazadi.

Tanlovda 1-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar birinchi o‘quv yili uchun to‘lov OTMning mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan holda imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi.

O‘QING: Online-maktab darslari uzatiladigan telekanallar va ijtimoiy tarmoqlar

2021 yildan «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilar bir oylik maosh miqdorida bir martalik mukofotlanadi.

OTMning informatika va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplomga ega bitiruvchilari mazkur OTMning magistraturasiga kirish imtihonlarisiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Maktablarning «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotli va kamida 1 yil pedagogik ish stajiga ega o‘qituvchilari TATUga pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha masofaviy o‘qitish shaklida to‘lov-kontrakt asosida kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.

Shuningdek, 2021 yil 1 yanvarga qadar «O‘zbekistonning IT-iste’dodlari» portali ishga tushiriladi. Portalda, jumladan, dasturlash sohasida o‘tkaziladigan olimpiadalar, tanlovlar va aksiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtirib boriladi.

O‘QING: O‘zbekistonda elektr energiyasini hisoblashning yangicha prinsipiga o‘tiladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!