O‘qituvchilar uchun maxsus tarif rejasi taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  15182
  •  10.04.2020 09:47

O‘qituvchilar uchun maxsus tarif rejasi taqdim etildi!

Koronavirus pandemiyasi tufayli karantin davrida butun O‘zbekiston ta’lim tizimi masofaviy ta’limdan foydalanmoqda. Har kuni minglab o‘qituvchilar o‘quvchilarimiz uchun onlayn darslar o‘tkazmoqdalar va ularga yuqori darajada qulayliklar yaratish – davr talabidir.

O‘QING: «O‘zbektelekom» yana oltita saytga kirishni bepul qildi!

Shu maqsadda, «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi (Uzmobile filiali) joriy yil 10 apreldan boshlab maxsus «Ta’lim» tarif rejasini joriy qilmoqda. Bu to‘g‘rida UZTELECOM o‘z rasmiy sayti orqali xabar bergan.

Yangi tarif rejasining o‘ziga xos xususiyati – uning arzonligi va taqdim etilayotgan daqiqalar, SMS hamda internet-trafik limitlar hajmining sezilarli darajada ko‘pligidir. Bu esa o‘qituvchilarga o‘quvchilar bilan faol masofaviy ish olib borish imkonini beradi.

«Ta’lim» tarif rejasiga ulanish yoki unga o‘tish uchun Xalq ta’limi vazirligi tizimi xodimi pasport, guvohnoma (asl nusxa) yoki abonent ushbu tizim xodimi ekanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak. Ushbu tarif rejasiga jismoniy shaxslar ulana oladilar.

Tarif rejasi haqida batafsil ma’lumotni mazkur havola orqali olishingiz mumkin.

Ta’kidlab o‘tish joizki, koronavirus bilan bog‘liq karantin e’lon qilingan kundan boshlab, «O‘zbektelekom» AK universitet va kollej talabalari, umumo‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uy sharoitida fanlarni o‘zlashtirish va ta’lim resurslari veb-saytlaridan cheklovarsiz, bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etmoqda.

O‘QING: Behuda quvonmang: «O‘zbektelekom» abonentlarni SMS-spamdan ogohlantirmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!