O‘quvchilar internetdan foydalanishi uchun imtiyozli «Maktab» tarif rejasi joriy etiladi

  •   DiMaX
  •  4146
  •  29.08.2020 18:16

O‘quvchilar internetdan foydalanishi uchun imtiyozli «Maktab» tarif rejasi joriy etiladi

Kecha – 28 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda pandemiya sharoitida ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha dolzarb chora-tadbirlar muhokama qilindi, deb yozadi Sof.uz.

O‘QING: Bitta operatordan ikkita xushxabar: 90% chegirma va...

Videodarslarni sifatli tayyorlash, bu jarayonga davlat va nodavlat telekanallarini faol jalb etish, 3 ta telekanalda doimiy efirga uzatib borish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga joylarda raqamli televideniye signali va internet tezligini ta’minlash, chekka hududlardagi kommunikatsiya tizimlarini to‘liq testdan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. O‘quvchilar uchun internetdan foydalanishda imtiyozli «Maktab» tarif rejasi joriy etilishi aytildi.

Ta’lim muassasalaridagi tozalik va ozodalikni saqlash, sinfxonalar va atrofni dezinfeksiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, har bir maktabga ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari biriktirilib, tartibni saqlash va karantin talablariga rioya etilishini nazorat qiladi. O‘quvchilar sog‘ligidan doimiy xabardor bo‘lish maqsadida hududiy poliklinika yoki vrachlik punktlaridan kamida bir nafardan tibbiyot xodimi jalb etiladi.

O‘QING: Imtihonlar o‘tadigan joylarning manzillari yangilangan ImtihonGo ilovasini yuklab oling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!