O'rgimchak Odam Miles Morales bilan Nyu-York bo'ylab sayohatga tayyormisiz?

O'rgimchak Odam Miles Morales bilan Nyu-York bo'ylab sayohatga tayyormisiz?

Insomniac Games kompyuterlar uchun "Marvel's Spider-Man: Miles Morales" o'yini 18-noyabr kuni chiqarilishini rasman e'lon qildi. Siz hozirdanoq o'yinga Steam yoki Epic Games do'konlaridan 39.99 dollar narxda buyurtma berishingiz mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, o'yin ultra-keng monitorlar uchun to'liq optimizatsiya qilingan va u Nvidia DLSS 3 kabi ilg'or texnologiyalarni qo'llab-quvvatlaydi. Shuningdek, siz o'yinda turli xil grafik sifatlaridan birini tanlashingiz ham mumkin. 

O'yin uchun minimum tizim talablari quyidagicha:

  • Operatsion tizim: Windows 10 (64 bit) 1909 versiya
  • Protsessor: 3,6 gigagertsli Intel Core i3-4160 (64 bit albatta) yoki shunday AMD ekvivalenti
  • Operativ xotira: 8GB
  • Grafik karta: NVIDIA GTX 950 yoki AMD Radeon RX 470
  • DirectX: 12-versiya
  • 75GB bo'sh xotira

Ta'kidlash joizki, Sony avgust oyida Marvel’s Spider-Man Remastered o'yinini ham chiqargan edi.

O'QING: Tezlikka muhtojlar uchun: NFC Unbound taqdim qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!