Orqa panelida naq sakkizta kamerali ilk smartfon, old kamerasi ham maxfiy!

  •   DiMaX
  •  1674
  •  09.11.2020 15:07

Orqa panelida naq sakkizta kamerali ilk smartfon, old kamerasi ham maxfiy!

Joriy yilning may oyi oxirida Lens Technology (Changsha) Co. Ltd kompaniyasi sakkiz kamerali smartfon uchun patent arizasi topshirgan edi. Uning patenti 2 oktyabrda ma’qullanib, Butunjahon intellektul mulk tashkilotining ma’lumotlar bazasiga ham kiritildi.

O‘QING: Xiaomi misli ko‘rilmagan smartfon kamerasini namoyish etdi (+video)

Patentda tavsiflangan smartfon to‘liq romsiz ekranga ega, uning pastki qismida esa tugmacha mavjud. Selfi-kamera ko‘rinmaydi, aftidan, uni displey ortiga yashirishgan.

Lekin bu gadjetning asosiy o‘ziga xosligi – u orqa panelida naq sakkizta kameraga ega bo‘lgan ilk smartfondir. Korpus orqa qopqog‘ining har burchagida ikkitadan datchikka va bittadan fotochaqnoqqa ko‘zimiz tushadi.

O‘QING: Kutilmagan xavf: Xiaomi smartfonlarida barmoq izi skanerini ham kamera qilib ishlatsa bo‘lar ekan! («jonli» video)

Smartfon orqa panelining yuqori qismi o‘rtasidagi mitti nuqta – bu mikrofon tirqishi. Shuningdek, devays USB-C portiga hamda korpusning chap qirrasida qo‘shimcha tugmachaga ega.

Lens Technology kompaniyasi Xitoy janubidagi Xunan provinsiyasi poyaxti – Chansha shahrida joylashgan. U asosan ob’yektivlar va himoya shishalari ishlab chiqish bilan shug‘ullanib kelar edi.

Yangi patent shuni ko‘rsatmoqdaki, bo‘lajak smartfonlarning dizayni va funksiyalari borasidagi yangi imkoniyatlarni sinab ko‘rishga bugungi kunda turli yo‘nlishlardagi kompaniyalar qo‘l urib ko‘rmoqda.

O‘QING: Ortga nazar: kutilmagan brendlardan noodatiy telefonlar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!