O‘rta narxli o‘nta eng kuchli smartfon (AnTuTu, 2020 yil noyabr)

  •   DiMaX
  •  2663
  •  03.12.2020 12:09

O‘rta narxli o‘nta eng kuchli smartfon (AnTuTu, 2020 yil noyabr)

Boyagina biz Antutu servisi ma’lumotlari asosida noyabr oyidagi eng qudratli flagmanlar o‘ntaligini chiqargan edik. Mazkur benchmark jamoasi yana hamyonbop smartfonlarning eng zo‘rlari reytingini ham taqdim etgan.

O‘QING: O‘z narxi doirasida eng zo‘r smartfonlarning beshta reytingi (AnTuTu, 2020 yil oktyabr)

2020 yilning noyabr oyida AnTuTu test ilovasi orqali samaradorligi sinab ko‘rilgan o‘rta narxli smartfonlar ro‘yxatiga bittagina yangi model qo‘shilgan. Bu – Oppo korporsiyasining Realme subbrendi oktyabrda taqdim etgan, narxi atigi 240 dollardan boshlanuvchi, Realme Q2 Pro rusumli «to‘rtko‘z» 5G-smartfondir.

Oktyabrdagi reyting yetakchisi – Redmi 10X Pro 5G flagmani bu gal uchinchi o‘ringa tushib qolgan. Noyabrdagi lider esa Redmi 10X bo‘ladi; kuchli uchlikka yana Huawei kompaniyasining Nova 7 Pro rusumli arzon flagmani ham kirgan. Umumiy ro‘yxatga nazar solamiz:

E’tibor bergan bo‘lsangiz, eng kuchli hamyonbop smartfonlar reytingida g‘olibdan tashqari yana ikkita o‘rinni Mediatek protsessorli modellar egallagan. Ro‘yxatda eng ko‘pi – xitoylik texnogigantning Kirin chipseti asosidagi telefonlardir.

Faqat kuchli o‘nlikning bittagina a’zosi, ya’ni to‘qqizinchi pog‘onadagi Redmi K30 modeli yetakchi chipsoz – Qualcomm mahsulotiga asoslangan.

O‘QING: Noma’lum Redmi smartfonidagi yangi MediaTek protsessori AnTuTu testida Snapdragon 865’ni mahv etdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!