O‘rta narxli o‘nta eng kuchli smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

  •   DiMaX
  •  2795
  •  02.03.2021 16:58

O‘rta narxli o‘nta eng kuchli smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

AnTuTu benchmarki jamoasi jori yilning ikkinchi oyi uchun eng tezkor hamyonbop smartfonlar o‘ntaligini taqdim etdi. Eng qudratli flagmanlar reytingida bo‘lgani kabi, bu ro‘yxatga ham kamida ming marta test qilib ko‘rilgan modellar kirgan va ularning eng yuqori emas, balki o‘rtacha natijalari olingan.

O‘QING: 2021 yil boshida o‘z narxiga ko‘ra eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu’ning beshta reytingi)

2020 yilning noyabr oyidagi reytingda AnTuTu taxtiga chiqib olgan Redmi 10X flagmani dekabrdagi reytingda o‘z o‘rnini hech kimga bermagan bo‘lsa, bu yilning yanvar reytingida ham taxtdan tushmagan edi. Fevralga kelib ham u o‘z pozitsiyasini saqlab turibdi – 404 346 ball.

Xiaomi kompaniyasining yana bir vakili – Redmi 10X Pro 5G esa 398 570 ball bilan bu gal ham ikkinchi o‘rinda. O‘tgan yilning may oyida taqdim etilgan, MediaTek Dimensity 820 protsessoriga tayanuvchi ushbu ikki smartfon avgustdan beri AnTuTu reytinglarida yuqori o‘rinlarni qo‘ldan bermay kelishmoqda va ularni uzoq vaqt liderlik bo‘yicha rekordchi, deyish ham mumkin.

O‘rta narxli eng zo‘r smartfonlarning fevraldagi ro‘yxatida kuchli uchlikni esa Kirin 985 chipsetiga asoslanuvchi Vivo S7t cmartfoni 395 082 ball bilan yakunlab bergan.

O‘QING: Xitoylik kamerofon iPhone 12 Pro Max’ni mahv etib, DxOMark reytingida kuchli beshlikka kirdi!

Shu tariqa, AnTuTu reytingida o‘rta narxli Android-smartfonlarning kuchli o‘ntaligiga yana quyidagilar kirgan:

  1. Huawei Nova 7 Pro – 392 093 ball;
  2. Huawei Nova 7 – 391 542 ball;
  3. Huawei Nova 8 Pro – 390 039 ball;
  4. Honor 30 – 389 107 ball;
  5. Huawei Nova 8 – 388 568 ball;
  6. Honor X10 – 362 664 ball;
  7. Honor 30S –355 028 ball.

Ko‘rib turganingizdek, ro‘yxatda dastlabki ikkita pog‘onani Redmi brendi vakillari hech kimga bermayotgan bo‘lsa, to‘rtinchidan boshlangan barcha o‘rinlarni Huawei hamda yaqinlargacha unga qarashli bo‘lgan Honor brendi mahsulotlari band etgan.

Yana bir jihati – uchinchi o‘rinni olgan Vivo smartfoni ham xitoylik texnogigant taqdim etgan protsessorda ishlaydi. Hamyonbop smartfonlarning eng kuchli o‘ntasidan birortasi ham Qualcomm chipsetiga tayangan emas.

O‘QING: Egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil yanvar)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.