O‘rta narxli o‘nta eng kuchli smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil may)

  •   DiMaX
  •  1689
  •  03.06.2021 12:49

O‘rta narxli o‘nta eng kuchli smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil may)

Kecha biz AnTuTu benchmarkida may oyidagi tekshiruvlar natijalari asosida tuzilgan eng qudratli flagmanlar ro‘yxatini e’lon qilgan edik. Mazkur jamoa hamyonbop smartfonlar orasida eng tezkorlarining ham reytingini chiqargan.

O‘QING: «iQOO 7, taxtni bo‘shat!» – AnTuTu’da yangi rekordchi paydo bo‘ldi

May oyida eng kuchli flagmanlar reytingini Qualcomm Snapdragon 888 protsessorli modellar butkul band etgan bo‘lsa, o‘rta narxli eng zo‘r smartfonlar ro‘yxatida rang-baranglik kuzatiladi. TOP-o‘nlikdagi modellar – jami uchta chipsoz mahsuloti bo‘lmish yettita protsessor bazasidagi qurilmalardir.

Bir necha oydan beri taxtdan tushmay kelayotgan Redmi brendining Redmi 10X flagmani apreldagi reytingda ham g‘olib edi, bu gal esa ikkinchi o‘rin bilan cheklanishga majbur bo‘ldi – 455 473 ball. Lekin birinchilik baribir Xiaomi kompaniyasining boshqa vakiliga – Mi 11 Lite 5G modeliga nasib etgan. «Xitoycha Apple» martning oxiridagi mega-taqdimotida namoyish etilgan ushbu eng yupqa smartfon 530 646 ball bilan AnTuTu hamyonbop smartfonlar reytingida liderlikka erishgan.

O‘QING: Beshta narx toifasidagi eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu, 2021 yil aprel)

Shunday qilib, o‘rta narxli smartfonlar orasidan eng qudratli o‘ntasi quyidagilar ekan:

  1. Xiaomi Mi 11 Lite 5G – 455 473 ball
  2. Redmi 10X 5G – 530 646 ball
  3. Vivo iQOO Z3 – 446 010 ball
  4. Huawei Nova 8 Pro – 438 835 ball
  5. Huawei Nova 8 – 435 575 ball
  6. Honor 30 – 434 827 ball
  7. Honor X10 – 412 814 ball
  8. Redmi Note 9 Pro 5G – 404 472 ball
  9. Oppo Reno 5 5G – 403 625 ball
  10. Redmi Note 9 5G – 398 213 ball

Aytish kerakki, AnTuTu benchmarki yaqinda o‘zining test ilovasini yangilab, 9-versiyada chiqargan edi. Uning may oyidagi reytinglari aynan mana shu – AnTuTu V9 talqinida, kamida ming marta test qilingan smartfonlar natijalariga asoslangan.

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (21-hafta)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!