O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu, 2020 yil sentyabr)

  •   DiMaX
  •  4484
  •  13.10.2020 15:06

O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu, 2020 yil sentyabr)

Kuni kecha biz AnTuTu servisidagi tekshiruvlariga ko‘ra eng yuqori natijalar ko‘rsatgan flagman telefonlar reytingini e’lon qilgan edik. Unda zo‘r – Snapdragon 865 Plus protsessori bazasidagi modellar faqat beshinchi va oltinchi o‘rinlarnigina egallagan, kutilmagan Xitoy kompaniyasi vakillari esa shohsupani hamda yana ikkita yuqori o‘rinni zabt etgan.

O‘QING: Realme’ning hamyonbop smartfoni AnTuTu’da hatto Galaxy S20 Ultra va Galaxy S20+ flagmanlarini «yer tishlatdi»!

Bundan tashqari, ushbu benchmark jamoasi sentyabr holatiga ko‘ra hamyonbop smartfonlarning ham samaradorlik bo‘yicha reytingini taqdim etgan. Eng qudratli flagmanlar reytingida bo‘lgani kabi, bunda ham AnTuTu servisida kamida ming marta tekshirib ko‘rilgan modellar asos qilib olingan.

O‘rta narxli smartfonlarning eng zo‘rlari Xiaomi kompaniyasining arzonchi brendiga mansub Redmi 10X Pro 5G hamda Redmi 10X flagmanlari ekan – ular tegishlicha 397 963 ball va 392 236 ball olishgan. MediaTek Dimensity 820 protsessorli ushbu smartfonlar o‘tgan oydagi global reytingda bir-birining o‘rnida edilar.

Kuchli beshtalikka yana Kirin 985 chipseti bazasidagi Honor 30, Huawei Nova 7 hamda Huawei Nova 7 Pro gadjetlari kirgan. Navbatdagi uchta o‘rinni ham xitoylik texnogigant vakillari band etgan – tegishlicha Honor X10, Honor 30S hamda Huawei Nova 7 SE modellari bo‘lib, barchasi Kirin 820 protsessoriga tayanadi.

To‘qqizinchi pog‘onada Snapdragon 768G chipseti bazasidagi Redmi K30 5G Speed Version modeli turgan bo‘lsa, kuchli o‘ntalikka Snapdragon 765G chipli Oppo Reno 4 5G modeli yakun yasagan.

O‘QING: AnTuTu’da mutlaq rekord: Exynos 1080 protsessorli sirli Orion smartfoni!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!