O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu global reytingi, 2020 yil iyun)

  •   DiMaX
  •  2994
  •  09.07.2020 09:37

O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu global reytingi, 2020 yil iyun)

Kuni kecha AnTuTu servisi iyundagi eng baquvvat flagmanlar reytingidan tashqari, o‘rta narx toifasidagi eng zo‘r smartfonlarni ham e’lon qilgan edi. Unda ham faqat xitoylik foydalanuvchilarning ushbu servisdagi tekshiruvlari asosidagi natijalar aks ettirilgan.

O‘QING: Smartfoningizga AnTuTu benchmarkini o‘rnatishingizga Google nega qarshi chiqyapti?

Benchmark jamoasi endi iyun mobaynida butun dunyo bo‘yicha AnTuTu’da tekshirib ko‘rilgan o‘rta narxli smartfonlarning eng kuchli o‘ntaligini ham taqdim etdi. May oyidagi reyting yetakchisi – Xiaomi korporatsiyasining Snapdragon 765G protsessorli Redmi K30 5G modeli bu oyda ham uloqni qo‘ldan bermagan – 317 019 ball! Huawei kompaniyasining Nova 7i modeli 308 545 ball bilan bu gal ham ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan. Kuchli uchlikni Redmi brendining yana bir namoyandasi – Redmi Note 8 Pro smartfoni 292 125 ball bilan yakunlab bergan.

Keyingi o‘rinlarda esa tegishlicha Realme 6 4/128 (290 397), Realme 6 Pro 8/128 GB (284 126), Redmi Note 9 Pro 8/128 GB (279 110), Redmi Note 9S 6/128 GB (277 531), Mi Note 10 Pro 8/256 GB (274 955), OPPO Reno 2 8/256 GB (273 052) va Xiaomi Mi Note 10 Lite 6/128 GB (271 855 ball) band qilgan.

Iyun oyidagi eng zo‘r flagmanlarning global reytingidan farqli ravishda, yuqoridagi ro‘yxatda protsessorlar bo‘yicha xilma-xillikni ko‘ramiz. Ro‘yxat yetakchisi Snapdragon 765G platformasiga tayangan bo‘lsa, reytingda amerikalik chipsozning yana Snapdragon 720G hamda Snapdragon 730G chipsetlari ham mavjud. Kuchli o‘ntalikning yuqori pog‘onalaridan yana Kirin 810 hamda MediaTek Helio G90T protsessorli modellar ham o‘rin olgan.

Reyting shohsupasini va umuman oltita o‘rinni Xiaomi korporatsiyasining turli smartfonlari egallagan, OPPO kompaniyasi vakillari uchta o‘rinni band etgan, Huawei’ga esa bittagina o‘rin tekkan.

O‘QING: «Qirol o‘ldi. Yashasin qirol!» – jahon rekordchisini AnTuTu’da tor-mor etishdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!