O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu global reytingi, 2021 yil mart)

  •   DiMaX
  •  2243
  •  09.04.2021 17:11

O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu global reytingi, 2021 yil mart)

Yaqindagina AnTuTu benchmarkiga ko‘ra mart oyidagi eng baquvvat Android-flagmanlar reytingini taqdim etgan edik. Mazkur servis jamoasi o‘rta narxli smartfonlarning TOP-o‘ntaligini ham e’lon qilgan. Lekin bularning ikkalasi ham Xitoydagi foydalanuvchilar tomonidan ushbu benchmarkda o‘tkazilgan testlar natijalariga asoslangan edi. Keyinroq...

O‘QING: Dunyo bo‘yicha eng qudratli Android-flagmanlar (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

AnTuTu jamoasi endi butun dunyodagi foydalanuvchilarning benchmarkdagi tekshirib ko‘rishlariga tayanib, hamyonbop smartfonlarning kuchli o‘ntaligini ham e’lon qildi. Bunda ushbu servisda kamida 1000 marta test qilib ko‘rilgan smartfonlarning samaradorlik natijalaridan olingan o‘rtacha (eng yuqori emas) ballari inobatga olingan.

Buni qarangki, 5 oydan beri mazkur reytingda yetakchi bo‘lib kelayotgan Honor 30 flagmanini nihoyat taxtdan tushirishdi – bu gal u 396 659 ball bilan ikkinchi o‘rinni olgan. Liderlik esa anchadan beri u bilan taxt talashib yurgan Huawei Nova 7 modeliga nasib etdi – 403 440 ball. Aslini olganda, bu ikki model – xitoylik texnogigant turli brendlar ostida chiqargan bitta smartfonning o‘zidir.

Ko‘rib turganingizdek, keyingi o‘rinlarni Redmi 10X 5G, Realme 7 5G, Xiaomi Mi 10T Lite 5G, Redmi K30 5G, Xiaomi Mi 10i, Mi 10 Lite 5G, Huawei Nova 7i hamda Realme 7 modellari egallagan.

Ishlab chiqaruvchilar kesimida olib qaraganda, mart oyida jahondagi eng kuchli hamyonbop Android-smartfonlar reytingida eng ko‘p o‘rinni – ro‘yxatning naq yarmini Xiaomi korporatsiyasi va uning Redmi brendi vakillari egallab olgan. Dastlabki ikkita va umuman uchta pog‘onadan Huawei smartfonlari joy olgan (Honor 30 chiqqan payti mazkur brend hali shu gigant tarkibida edi). Qolgan ikkita o‘rin esa Oppo kompaniyasining Realme brendi telefonlariga nasib etgan.

O‘QING: Qaysi smartfonlardan o‘z egalari rostakamiga rozi? (AnTuTu reytingi, 2021 yil mart)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!