O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil iyul)

  •   DiMaX
  •  1988
  •  07.08.2020 09:43

O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil iyul)

Kecha biz AnTuTu servisida xitoylik yuzerlarining tekshiruvlariga ko‘ra iyul oyining eng zo‘r smartfonlari o‘ntaligini e’lon qilgandik. Mazkur benchmark o‘rta narx toifasidgi smartfonlarning samaradorlik reytingini ham taqdim etgan.

O‘QING: Eng qizib ketuvchi va eng qizimaydigan smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil 2-chorak)

O‘tgan oyda hamyonbop smartfonlar orasida ham Oppo kompaniyasining vakili – Reno 3 5G modeli 442 965 ball bilan g‘olib bo‘lib turibdi. Aytish kerakki, ayni shu smartfon may oyidagi reyting yetakchisi bo‘lgan, iyunda esa ikkinchi o‘ringa tushgan edi.

Iyun reytingi g‘olibi – Redmi 10X Pro smartfoni bu gal uchinchi o‘ringa tushgan bo‘lsa, Redmi 10X modeli undan o‘zib, ikkinchi pog‘onani band etgan.

Keyingi o‘rinlarni tegishlicha Honor 30, Huawei Nova 7 Pro hamda Nova 7, Honor X10, Honor 30S, Nova 7 SE va Redmi K30 smartfonlari band etishgan.

Protsessorlar kesimida olib qaraydigan bo‘lsak, bu ro‘yxatda Huawei kompaniyasining HiSilicon brendi ostidagi Kirin chipsetlari bazasidagi qurilmalar eng ko‘p. Tayvanlik chipsoz MediaTek protsessorlari asosidagi modellar uchta bo‘lsa, faqat o‘ntalik so‘ngidagi Redmi K30 smartfonigina Qualcomm platformasi bazasida ishlaydi.

O‘QING: Smartfoningizga AnTuTu benchmarkini o‘rnatishingizga Google nega qarshi chiqyapti?