O‘rta narxli smartfonlarga qanday protsessorlar o‘rnatiladi?

  •   DiMaX
  •  1593
  •  19.01.2018 12:58

O‘rta narxli smartfonlarga qanday protsessorlar o‘rnatiladi?

Mobil qurilmalarning «yuragi» haqidagi uchinchi maqolamizda o‘rta narx toifasiga mansub smartfonlarga qanday protsessorlar qo‘yilishi xususida qisqacha so‘z yuritamiz. Ushbu mavzuda, eng arzon telefonlarning chiplari haqidagi maqolamizni mana bu, hamyonbop smartfonlarning protsessorlari to‘g‘risidagi maqolamizni esa mana bu havolalar orqali o‘tib o‘qishingiz mumkin.

O‘QING: Intel 2 barobar tez, 40 % samarador 8-avlod chiplarini taqdim qildi

Odatda o‘rta narxli smartfonlarga qo‘yiladigan protsessorlar sakkiz yadroli bo‘ladi. Ammo takt chastotasiga, ishlab chiqaruvchisiga va boshqa turli jihatlariga qarab, bu chiplar ham o‘zaro farq qiladi.

Fikrimizcha, ushbu protsessorlarning arxitekturasi va boshqa barcha xususiyatlari to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tirishning ilojiyam, zaruratiyam yo‘q. Quyidagi jadvalda ularning faqat nomlari (modellari) keltirilgan, ular yaxshiroqdan «bundayroq»qa qarab terilgan. Shuni eslab qolsangiz kifoya – o‘rta narxli smartfon tanlayotib, mazkur ro‘yxatda iloji boricha yuqoriroqda joy olgan protsessorga ega telefonni xarid qilaverasiz.

Protsessorlar haqida qisqa ma’lumot

Modifikatsiyalar (modellar)

O‘z davrining «elita» protsessorlari bo‘lgan, hozirda zo‘r chiplar. Ikkilanmasdan olavering!

Qualcomm Snapdragon 650 (MSM8956), 800 (MSM8974), 801 (8974v3); HiSilicon Kirin 650

To‘laqonli sakkiz yadroli protsessorlar. Yaxshi tanlov.

MediaTek MT6752, MT6755 (Helio P10), MT6795 (Helio X10); Qualcomm Snapdragon 415 (MSM8929), 430 (MSM8937), 615 (MSM8939), 616 (MSM8939v2)

«Men o‘zgachaman, men Intel Atom bo‘laman!» deydiganlari. Olsa bo‘ladi.

Intel Atom Z3560, Z3580

Past chastotadagi sakkizta yadro. Amallab ishlatasiz.

MediaTek MT6750, MT6753; HiSilicon Kirin 620; Samsung Exynos 5410

Qisqasi, o‘rta narxli smartfonlar hozirda keng tarqalgan va oddiy foydalanuvchining barcha talab va ehtiyojlarini qondira oladi. Ularda qo‘llanadigan protsessorlar ham shunga yarasha.

O‘QING: "Sun’iy aql" tizimiga ega ilk protsessorni Huawei taqdim qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.