Ortga nazar: 5G tarmog‘iga ega bo‘lgan eng birinchi smartfonlar

Ortga nazar: 5G tarmog‘iga ega bo‘lgan eng birinchi smartfonlar

5G tarmog‘i ayni vaqtda smartfonlardagi yangi texnologiya deb yuritiladi. Biroq ushbu yangi texnologiyaga ega bo‘lgan birinchi smartfonning taqdim etilganiga ikki yildan oshdi. Ba’zi davlatlarda 5G tarmog‘i endi yo‘lga qo‘yilayotgan bo‘lsa, ba’zi davlatlarda 5G umuman mavjud emas. Ammo bu holatlar 5G tarmog‘iga ega bo‘lgan smartfonlarning ishlab chiqarilishiga to‘sqinlik qilmayapti.

O‘QING: Ortga nazar: Bluetooth va uning rivojlanish bosqichlari

Keling, yaxshisi 2019 yilning boshiga qaytamiz. Aynan o‘sha yilning fevral oyida birinchi 5G tarmog‘iga ega bo‘lgan Galaxy S10 5G smartfoni taqdim etildi. Smartfon taqdimotdan ikki oy o‘tib, aniqrog‘i, aprel oyida sotuvga chiqdi. Janubiy Koreyadagi do‘konlarda qurilma 5 aprel sanasidan sotila boshladi. Xuddi shu kun Verizon talqininidagi smartfonning savdosi Qo‘shma Shtatlarda boshlanishi kerak edi. Biroq ayrim muammolar sabab smartfonga oldindan buyurtma berish 25 apreldan boshlandi.

Shuningdek, LG kompaniyasi V50 ThinQ 5G smartfonini 16 aprel sanasida taqdim etdi. Uning savdosi esa 11 maydan boshlandi. Oppo kompaniyasi ham Reno 5G modelini may oyida sotuvga chiqardi.

Ikkala smartfon ham Snapdragon 855 chipida ishlar edi. Biroq ushbu chip 5G tarmog‘iga ega emas edi. 5G uchun smartfonlar X50 modemiga ega bo‘lishi kerak edi. Shuning uchun, ishlab chiqaruvchilar o‘z vaqt jadvallarini o‘zgartirishga majbur bo‘lishdi.

Galaxy S10 5G smartfonining savdosi Buyuk Britaniyada iyun oyining boshida, AQShda iyun oyining o‘rtalarida, Germaniyada esa iyun oyining oxirida boshlandi.

O‘QING: 3G va 4G'ning nima farqi bor?

Smartfon hajmi ancha katta bo‘lib, u 6.7 dyuymli Dynamic AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Taqqoslash uchun, Galaxy S10+ smartfoni 6.4 dyuymli displeyga ega bo‘lgan. Bundan tashqari, uning vazni ham bir muncha og‘ir bo‘lib, 198 grammni tashkil qiladi. Ushbu smartfonga bir nechta yangi funksiyalar va imkoniyatlar qo‘shilgan. Bunga 25 vatt quvvatlash texnologiyasi, 3D sath sensorini misol qilib ko‘rsatish mumkin.

Takomillashgan kameralar hamda 3D sensori bilan o‘sha vaqtda S10 5G smartfoni DxOMark reytingida yetakchi bo‘lgan.

Qolgan S10 seriyasidagi smartfonlardan farqli o‘laroq, S10 5G'da xotirani kengaytirishning imkoni bo‘lmagan.

AQSh uchun ishlab chiqarilgan S10 5G smartfonlariga Snapdragon 855 hamda X50 modemlari o‘rnatilgan. Biroq xalqaro bozor uchun ishlab chiqarilgan smartfonlarni kompaniya o‘zining Exynos 9820 hamda Exynos 5100 modemi bilan jihozlagan.

Qualcomm va Samsung modemlari mmWave to‘lqinini qo‘llab-quvvatlaydi, bu yuqori chastotali diapazonlarda ishlaydigan 5G modem bo‘lib, u ko‘proq ma’lumotni tashiy oladi, lekin qabul qilish bilan bog‘liq muammolarga duch keladi, chunki uning to‘lqinini hatto daraxtlar ham to‘sib qo‘yishi mumkin.

Taqqoslash uchun, nazariy jihatdan Snapdragon X50 modemining tarmoqdan yuklash maksimal tezligi 7,5 Gbit/sekundni, tarmoqqa yuklash tezligi esa 3.5 Gbit/sekundni tashkil qilgan. O‘sha paytdagi X24 LTE modemining maksimal tezligi 3 Gbit/sekundgacha borgan. mmWave to‘lqiniga ega 5G X65 modemining tezligi 10 Gbit/sekunddan oshgan.

Albatta, bular faqatgina nazariy faktlardir, amalda natijalar bundan pastroq bo‘lishi mumkin. Koreyaning SK Telecom kompaniyasi ideal sharoitlarda Galaxy S10 5G smartfonidan foydalanib, 5G modem tezligini sinab ko‘rdi. Tezlik 2.63 Gbit gacha ko‘tarildi.

So‘z yakunida 2018 yilda taqdim etilgan 5G smartfonini eslatib o‘tish lozim. Nega u birinchi ishlab chiqarilgan 5G smartfoni bo‘la olmagan? Xo‘sh, o‘sha yili Motorola kompaniyasi Moto Z3 smartfonini taqdim etgan edi.

Unda 5G rejimi bor bo‘lgan, ammo 5G modemlari 2019 yilning 11 aprelidan sotuvga chiqishni boshladi. Bu vaqtda esa Samsung Janubiy Koreyada Galaxy S10 5G smartfoniga oldindan buyurtmalar olishni allaqachon boshlab yuborgan edi.

O‘QING: Ortga nazar: Galaxy A seriyasining eng yaxshi smartfonlari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!