Ortga nazar: arzon va o‘zgacha, biroq ommalashmagan iPhone 5c

Ortga nazar: arzon va o‘zgacha, biroq ommalashmagan iPhone 5c

Apple kompaniyasi 2013 yilda iPhone 5c smartfonini taqdim etgan edi. Ushbu qurilma flagman iPhone 5s bilan birga taqdim etilgan. Ammo 5s'dan farqli o‘laroq, uning korpusi metal emas, balki plastikdan ishlangan edi. Korpus plastikdan bo‘lgani uchun, smartfonning rang turlari ham ko‘p bo‘lgan. 

O‘QING: Ortga nazar: 5G tarmog‘iga ega bo‘lgan eng birinchi smartfonlar 

iPhone 5c oq, ko‘k, yashil, sariq va pushti ranglarda sotuvga chiqqan. Smartfon bir necha hudud bozorlarida, shu bilan birga, Xitoyda ham sotila boshlagan. Kompaniyaning sotuv hajmini oshirishga bo‘lgan harakati muvaffaqiyatsiz bo‘lgan. Aniqroq qilib aytganda, Apple savdo hajmini oshirish uchun smartfonning narxini 30% ga arzonlashtirishiga qaramay, smartfonning ishlab chiqarish hajmi 50%, keyinchalik 75% ga kamaygan. 

Dastlab, smartfonning 16GB hamda 32GB xotiraga ega bo‘lgan turlari sotuvga chiqarilgan edi. Biroq 2014 yil boshida Apple narxni tushirish maqsadida qurilmaning 8GB xotiraga ega bo‘lgan versiyasini sotuvga chiqardi. 

Buyuk Britaniyada iPhone 5c'ning narxlari quyidagicha edi: 

iPhone 5c 8GB - 430 funt

iPhone 5c 16GB - 470 funt

iPhone 5c 32GB - 550 funt 

Germaniyada esa narxlar quyidagicha bo‘lgan: 

iPhone 5c 8GB - 550 yevro

iPhone 5c 16GB - 600 yevro

iPhone 5c 32GB - 650 yevro 

Ko‘rinib turibdiki, xotira hajmi ikki barobar kamayganiga qaramay, smartfon narxi unchalik arzonlashmagan. 

Xo‘sh, iPhone 5c'ni nima "arzonʼʼ smartfonga aylantirgan. Birinchi sabab bu - smartfonning korpusi plastikdan ishlanganligi. Shuningdek, u eski Apple A6 chipi bilan jihozlangan, yani 5c model iOS 11 operatsion tizimiga o‘tmagan. 

iPhone 5 hamd 5s smartfonlari kabi 5c metal korpusga ega emas. Plastik smartfonning korpusi qalinroq hamda og‘irroq bo‘lishiga sabab bo‘lgan. iPhone 5s'ning og‘irligi 112 gramm, qalinligi esa 7.6 millimetr bo‘lgan bo‘lsa, iPhone 5c'ning og‘irligi 132 gramm, qalinligi 9 millimetrni tashkil qilgan. 

iPhone 5s'da bo‘lgan barmoq izi skaneri 5c'dan olib tashlangan. Bundan tashqari, ikkala smartfonga 8MP kamera o‘rnatilgan bo‘lsa ham, 5c'ning kamerasi nisbatan qorong‘iroq f/2.4 diafragma hamda kichikroq 1.4 mikron pikselga (iPhone 5s kamerasida - 2.2 diafragma, 1.5 mikron piksel) ega bo‘lgan 

Keyinchalik iPhone 6c smartfoni haqida mish-mishlar tarqalgan. Biroq kompaniya ushbu modeldagi smartfonni ishlab chiqarmagan. Keyingi yil ham iPhone 7c chiqishi haqida turli mish-mishlar paydo bo‘lgan, lekin ushbu mish-mishlar o‘zini oqlamagan. 

Bir narsa aniqki, Apple arzon iPhone'ni ishlab chiqarish g‘oyasidan voz kechmagan. 2015 yilda iPhone 6s seriyasi bilan birga iPhone 5s'ga o‘xshash iPhone SE modeli ham taqdim etildi. O‘radan besh yil o‘tib, aniqrog‘i, 2020 yilda kompaniya SE'ning ikkinchi avlodini sotuvga chiqardi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Apple kelasi yili SE seriyasining uchinchi avlodini taqdim etadi. 

Apple iOS operatsion tizimida ishlaydigan smartfonlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Agar xaridorlar iOS operatsion tizimidan foydalanishni xohlasalar, faqatgina Apple'dan smartfon sotib olishlariga to‘g‘ri keladi. Hozirda juda ko‘plab arzon narxdagi Android smartfonlarini istalgan hudud bozorlaridan topish mumkin. Apple smartfonlarining narxi ancha baland, hattoki arzonlarining ham. 

Arzonroq bo‘lgan iPhone 5c unchalik ommalashmadi. Biroq, bu barcha arzon iPhone'larning sotuvi yaxshi darajada bo‘lmadi degani emas. Misol uchun, taqdim etilganiga ikki yil bo‘lganiga qaramay, iPhone 11'ning hali ham bozori ancha chaqqon. Shuningdek, bir necha yil oldin iPhone XR ham eng ommabop smartfonlardan biri bo‘lgan. 

O‘QING: Ortga nazar: Bluetooth va uning rivojlanish bosqichlari 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.